
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
UKRAINANING O’ZBEKISTONDAGI FAVQULODDA VA MUXTOR ELCHISI FARG’ONAGA KELDI

2022-01-12 12:15:19 347
Viloyat hokimligi qabullar uyida viloyat hokimining o’rinbosarlari Iqboljon Ergashev va Xurshid Ahmedov Farg’ona viloyatiga tashrif buyurgan Ukrainaning O’zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nikolay Doroshenko boshchiligidagi delegatsiya a'zolari bilan uchrashdilar.
Muloqot chog’ida mamlakatimizning, xususan Farg’ona viloyatining Ukraina bilan yo’lga qo’yilayotgan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish va mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda Ukraina elchisiga viloyatimizda so’nggi yillarda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish jarayonlari, viloyatning ulkan iqtisodiy-investitsion va turistik salohiyati haqida batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, 2022 yilning mart oyida Toshkentda xalqaro biznes forum o’tkazilishi belgilangani va Farg’ona-Ukraina hamkorligida investitsion loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirayotgan ukrain korxonalari ro’yxati berilsa, ularning vakillarini ushbu anjumanga taklif qilinishi bildirildi.
Elchi Nikolay Doroshenko ushbu taklifni qabul qilar ekan, 2022 yil may oyida Kiyevda tashkil etilayotgan katta forum haqida ham to’xtalib, iqtisodiy aloqalarni yaxshilash maqsadida Farg’ona viloyati delegatsiyasini forumga taklif qildi.
Farg’ona viloyati va Ukraina o’rtasida iqtisodiy-investitsion hamkorlikni rivojlantirish bo’yicha ikki tomonlama yo’l xaritasi tayyorlashga kelishib olindi.
Shuningdek, elchi Ukrainaning Nikolayev shahri va Farg’ona shahri o’rtasida birodarlik aloqalarini o’rnatish bo’yicha ham o’z taklifini bildirdi.
Mehmonlar tashrif doirasida viloyatimizning diqqatga sazovor turistik joylari va milliy hunarmandchilik markazlari bilan yaqindan tanishib chiqadilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram