Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA SHAHRI KO’CHALARI BO’YLAB ULKAN BAYROQ OLIB O’TILDI
2022-01-13 14:26:34 248
Viloyatimizda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni ko’tarinkilik bilan bayram qilinmoqda.
Bugun erta tongdan Farg’ona viloyati hokimligi yonida Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondonligining viloyatdagi harbiy qismlari ofitser, serjant, askarlari va keng jamoatchilik vakillari jam bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan hajmi 1100 kv.m bo’lgan ulkan bayroq askarlar ko’magida keng yoyilib, viloyat Tadbirkorlar uyi oldidan Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va kontsert saroyigacha bo’lgan masofaga harbiy orkestr jo’rligidagi musiqa sadolari ostida olib borildi.
Ushbu jarayonni shahrimiz ko’chalari bo’ylab jam bo’lgan keksa-yu yosh zavq bilan, vatanparvarlik hissi jo’sh urgan holda kuzatib bordilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram