Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VATAN HIMOYACHILARI KUNIDA FARG’ONADA “MOTAMSARO ONA” HAYKALI POYI GULLAR BILAN TO’LDI
2022-01-14 19:00:52 226
Viloyatimizda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni katta ko’tarinkilik bilan bayram qilinmoqda.
Xalqimiz uchun qadrli va ulug’ bayramlarda “Motamsaro ona” haykali poyiga tantanali gul qo’yish marosimi Farg’onada yaxshi an'anaga aylangan.
Bayram munosabati bilan 14 yanvar kuni viloyat hokimi, harbiy-ma'muriy sektor rahbari Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni birinchi o’rinbosari Jamshid Karimov, viloyat Xavfsizlik va Mudofaa tizimlari rahbarlari, shuningdek, davlat, jamoatchilik va yoshlar tashkilotlarining vakillari ishtirokida "Vatanparvarlar bog’i"dagi “Motamsaro ona” haykali poyiga tantanali gul qo’yish marosimi bo’lib o’tdi.
Gul qo’yish marosimidan so’ng, harbiy qismlar vakillarining va texnikalarining harbiy marshi hamda davlatimiz bayrog’i bilan bezalgan avtomobil va mototsikllardan iborat ko’rgazmali yurishi o’tkazildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram