Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 143 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VATAN HIMOYACHILARI KUNI FARG’ONADA KATTA SHODIYONAGA AYLANDI

×

 2022-01-14 19:36:16    438

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan katta bayram tadbiri o’tkazildi.

Farg’ona shahridagi “Fayz” tantanalar majmuasida o’tkazilgan tantanali tadbir, viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan O’zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yo’llagan bayram tabrigini o’qib eshittirish bilan boshlandi.

Prezidentimiz tabriklarida ta'kidlanganidek, “Keyingi yillarda “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir” degan ezgu tamoyil asosida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda fuqarolarimiz armiyaning har tomonlama yordami va ko’magini hayotning barcha sohalarida amalda his etmoqdalar. Ayniqsa, murakkab sinov davri bo’lgan pandemiya paytida va favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etishda, biz uchun hech narsa bilan o’lchab, qiyoslab bo’lmaydigan bebaho boylik – tinchlik va osoyishtalikni asrash va himoya qilishda bu yakdillik yanada yaqqol namoyon bo’lmoqda”.

Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni birinchi o’rinbosari Jamshid Karimov, viloyat sektorlari rahbarlari, Milliy gvardiya, kuchishlatar tuzilmalar va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning viloyat boshqarmalari rahbarlari, harbiy xizmatchilar, shuningdek, davlat, jamoatchilik va yoshlar tashkilotlarining vakillari ishtirok etdilar.

Bayram tantanalari davomida yurt tinchligi yo’lida sidqidildan xizmat qilayotgan bir guruh harbiylarga “O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni, viloyat hokimining faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg’alari tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir elimiz ardog’idagi san'atkorlar Alisher Fayz, Ilhom Ibrohimov, Muhsinjon Mo’minovlar ijrosidagi kuy-qo’shiqlar bilan davom etdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram