Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 85 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YAPONIYALIK ISHBILARMONLAR FARG’ONADA: HAMKORLIKNING ANIQ ISTIQBOLLARI ISHLAB CHIQILMOQDA

×

 2022-01-15 15:07:38    326

PDF yuklash
Chop etish


Ma'lumki, Yaponiyaning turli sohalarda faoliyat olib boruvchi 20 dan ortiq kompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiya 2021 yilning oktyabr oyida viloyatimizda tashkil etilgan biznes-uchrashuvda ishtirok etishgan edi. Unda investitsion loyihalarni amalga oshirish va o’zaro manfaatli shartnomalarni imzolash kabi masalalar muhokama qilingandi. Jarayonlarni amaliy bosqichiga o’tish uchun bugun viloyatimizga yana bir guruh kunchiqar yurt ishbilarmonlari keldilar.

Dastlab Farg’ona shahridagi Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi majlislar zalida viloyat hokimining o’rinbosari Xurshidjon Ahmedov, viloyat hokimligining Investitsiya va tashqi savdo kotibiyati mudiri Azimjon Yuldashev, shahar-tuman investitsiyalar va tashqi savdo bo’limlari rahbarlari hamda yaponiyalik mehmonlar ishtirokida o’tgan tadbirda viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy hamda turizm salohiyati, investorlarga yaratilgan qulayliklar yuzasidan ma'lumot berildi. 

Farg’ona shahar hokimi o’rinbosari Dilshod Omonov yaponiyalik ishbilarmonlar tomonidan avvalgi tashrif chog’ida qiziqish bildirilgan loyihalar – 300 gektarlik maydonda bunyod etilayotgan Ekoshahar loyihasi, shuningdek Farg’ona shahridagi Alisher Navoiy ko’chasida, “Tadbirkorlar uyi” yonida qurilishi belgilangan 18 qavatli zamonaviy biznes va savdo markazi hamda mehmonxona loyihasi haqida batafsil axborot taqdim etdi va yaponiyaliklarning qiziqtirgan savollariga javob berdi.

Yurtimizda, jumladan, viloyatimizda investorlarga yaratilayotgan qulayliklarga, berilayotgan imtiyozlarga katta qiziqish bildirgan yaponiyalik ishbilarmonlar o’z tadbirkorlik faoliyatlaridan kelib chiqib, qurilish, qishloq xo’jaligi, turizm, tekstil, oziq-ovqat, kosmetika yo’nalishlarida hamkorlik qilish maqsadlarini aytib o’tishdi. 

Shundan so’ng ikki kunlik tashrif rejasiga ko’ra, mehmonlar viloyatimizning diqqatga sazovor joylari bilan tanishish hamda yirik loyihalarni joyiga chiqib ko’rish uchun hududlarga yo’l oldilar.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram