Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 126 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OLTIARIQDA XONADONLARDAGI ISSIQXONALARDA ACHCHIQ QALAMPIR TO’LA HOSILGA KIRDI

×

 2022-01-17 10:28:02    223

PDF yuklash
Chop etish


Qahraton qish qilichini yalong’ochlab turgan bir pallada oltiariqlik dehqonlar yoz ne'matlari yetishtirish bilan andarmon. Mirishkorlar yilning to’rt faslida ham daromad olishadi. Ayni kunda xonadon tomorqalariga ekilgan achchiq qalampir hosilga kirdi. 

“Eski arab” mahalla fuqarolar yig’ini, Ezgulik ko’chasida umrguzaronlik qilayotgan Jasurbek Siddiqov yosh bo’lsa-da, mirishkor tormorqachilar sifatida tilga tushdi. Xonadonidagi mo’'jaz issiqxonada bo’lgan kishi ko’zni quvontirib turgan ne'matlardan bahra oladi. Ikki sotix issiqxonada sadafdek terilgan achchiq qalampir ko’chatlari qiyg’os hosilga kiribdi.

-Bu, ikkinchi hosilimiz,- deydi Jasurbek egatlarda marjondek osilib turgan qizil qalampirlarga boqib. – Bir tonnadan ortiq hosil olishni ko’zlab turibmiz. Qariyb 40 million so’m daromad degan gap. Hosilni yig’ishtirib olgach, bodring ekamiz. Ayni kunda ko’chatlarimizni ekishga tayyorlab qo’yganmiz. Bu qish poyoniga yetmay yangi hosil olish imkoniyatini beradi. 

Jasurbek “Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturi doirasida “Xalq bank”i tuman bo’limidan 24 million so’m imtiyozli kredit olib, issiqxona qurdi, tomchilatib sug’orish jihozlarini o’rnatdi, issiqlik tizimlarini ishga tushirdi. Amaliy ishlar yilning to’rt faslida tomorqadan unumli foydalnishda qo’l kelmoqda. Xonadondagi har bir qarich yer hisob-kitobli. Tartib bilan ekilgan mevali daraxtlar, uzum ko’chatlari, chorvachilik xonadon daromadining asosini tashkil etadi. 

- Mahallamizda bekor yurgan odam, bo’sh qolgan ekin maydon yo’q. 568 ta xonadonning deyarli har birida issiqxona tashkil qilingan,- deydi “Eski arab” mahalla fuqarolar yig’ini raisi Xayrulloxon Munojatov. – Keyingi yillarda qish faslida yoz ne'matlarini yetishtirishga bo’lgan tajribalar ommalashib bormoqda. Ayniqsa, qalampir yetishtirish hadisini olgan mirishkor yoshlar ko’p. O’tgan yili 24 nafar yoshlar “Har bir oila – tadbirkor” davlat dasturi asosida issiqxona qurdi. Bugun ular sarxil ko’chat va mahsulot yetishtirishda o’z sohasining bilimdonlariga aylanishgan. YEtishtirilgan sara hosillar ichki bozordan tashqari yaqin qo’shni mamlakatlarga ham eksport qilinmoqda.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram