Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
Farg‘ona viloyati hokimligi va shahar, tuman hokimliklarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish natijalari
2022-01-17 18:17:14 436
Bugungi kunda viloyatimizda aholining har bir murojaatiga jiddiy e’tibor qaratib, hokimiyat va boshqaruv tizimida ishlayotgan har bir rahbar va xodimlarning jismoniy va yuridik shaxslarni murojaatlariga mas’uliyat bilan yondoshishlarini ta’minlash maqsadida talaygina ishlar amalga oshirilmoqda.
Tasdiqlangan jadval asosida barcha 19 ta shahar, tuman hokimliklarida mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning o‘rinbosarlari uchun amaliy seminar o‘tkazildi. Bu seminarlar davomida eng ko‘p murojaatlar kelib tushayotgan sohalar rahbarlari tomonidan bugungi kunda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohatlar, aholi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Murojaatlar bilan ishlash masalalariga alohida e’tibor qaratilib, aholini qiynab turgan muammolari bilan yanada jiddiyroq shug‘ullanish lozimligini inobatga olgan holda eng olis va chekka hududlarda tasdiqlangan jadval asosida o‘tkazilgan 40 ta ommaviy sayyor qabullar davomida 793 ta murojaatlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, viloyat hokimi o‘rinbosarlari tomonidan o‘tkazilgan shaxsiy va sayyor qabullarda 1524 nafar aholi vakillarining murojaatlari qabul qilindi. Lekin, tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, barcha hokimliklar ham murojaatlar bilan ishlashda kamchiliklarga yo‘l qo‘yib kelinmoqda.
Tahlillarga ko‘ra, viloyat hokimligiga 2021 yil davomida jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillari tomonidan 7 963 ta murojaatlar kelib tushgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida 3 174 tani tashkil qilgan yoki 251% foizga ortgan. Murojaatlar mazmun-mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy nafaqa tayinlash masalalari 497%, sog‘liqni saqlash masalalari 235%, moddiy yordam masalalari 213%, elektr va gazlashtirish masalalari 196%, uylarni ta’mirlash masalalari 164%, mahalla masalalari 143,8%, oliy ta’lim masalalari 137,4%, bank krediti masalalari 136%, ga ortgan. Murojaatlarni to‘liq va sifatli ko‘rib chiqilmaganligi, joylarda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralari ko‘rilmaganligi natijasida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan murojaatlar soni Furqat (3,2 barobar), So‘x (3,1 barobar), Buvayda (3,1 barobar), Qo‘shtepa (3 barobar), Yozyovon (2,9 barobar), Farg‘ona (2,8 barobar), Toshloq (2,7 barobar) tumanlari, Quvasoy (2,8 barobar), Marg‘ilon (2,6 barobar), Farg‘ona (2,5 barobar) shaharlarida ortgan. Viloyatimizda murojaatlarni ijobiy hal etish darajasi 54,3 foizni tashkil etgan bir paytda, bu ko‘rsatkich Quva tumanida 26,8 foiz, So‘x 36,6 foiz, Farg‘ona tumanida 37,8 foiz, Toshloq tumanida 39,9 foiz, Uchko‘prik tumanida 39,9 foiz, Qo‘shtepa tumanida 43,4 foiz, Furqat tumanida 45 foizni tashkil etdi. Buning oqibatida, murojaatlarni to‘liq va sifatli ko‘rib chiqilmaganligi, murojaatlarni o‘rganish natijalaridan norozi bo‘lganligi uchun viloyat hokimligiga 412 ta takroriy murojaatlar kelib tushgan. Shulardan, eng ko‘p takroriy murojaatlar Farg‘ona (65 ta), Qo‘qon (47 ta), Marg‘ilon (43 ta) shaharlari, Oltiariq (37), O‘zbekiston (32 ta) va Farg‘ona (29 ta) tumanlari hokimliklariga to‘g‘ri kelgan.