
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI QUVA TUMANIDA BARPO ETILAYOTGAN “YOSHLAR BOG’I” HAMDA KO’P QAVATLI UY-JOYLAR QURILISHI BILAN TANISHDI

2022-01-19 11:15:13 337
Kecha viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Quva tumani yoshlari uchun ajratilgan va 5 gektar maydonda barpo etilayotgan “Yoshlar bog’i”ni tashkil etish jarayonlari bilan tanishdi. Shu yerda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko’chat ekish marosimida ishtirok etdi.
“Soyguzar” MFY hududidagi ushbu “Yoshlar bog’i”ga jami 1 ming 500 tup manzarali va mevali ko’chatlar ekilgan.
Bog’ hududi 10-15 sotixdan yoshlarga bo’lib berilgan bo’lib, manzarali daraxtlar to’la qad rostlagunga qadar bo’lgan davrda katalpa, yasen, sosna, lola daraxti kabi turli ko’chatlar yetishtirib, o’zlari uchun qo’shimcha daromad manbaini yaratish imkoniyati taqdim etildi.
Viloyat hokimi yoshlar bilan muloqotda, ularni bildirilgan ishonchga javoban fidokorona mehnat qilishga chorladi.
Navbatdagi manzilda tumandagi Mingchinor qishlog’ida qurilayotgan ko’p qavatli uylar ko’zdan kechirildi. Bu yerda 9 ta 5 qavatli, jami 200 ta xonadonli uy-joylar qad rostlamoqda. Ularning 60 xonadonli 2 ta turar-joy binosida 90 foizdan ziyod qurilish-pardozlash ishlari yakuniga yetkazilganligi aytib o’tildi.
Shu yerda tumanning boshqa hududlarida bo’y ko’rsatayotgan ko’p qavatli turar-joylar to’g’risida ham ma'lumot berildi. Viloyat hokimi ishlarni tez va sifatli bajarish kerakligini qayd etdi. Ichimlik suvi, elektr ta'minoti bilan bog’liq masalalarni teng hal etish lozimligiga e'tibor qaratdi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram