Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 53 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QASHQARLIK TADBIRKOR O’Z MAHALLASIDA KLINIKA, FUTBOL MAYDONI VA “ZIYO DO’KONI” QURDI. ENDI ESA MAKTAB, BOG’CHA, FITNES KLUB TASHKIL ETMOQDA

×

 2022-01-19 11:21:51    397

PDF yuklash
Chop etish


Xalq orasida “Tadbirkor – elga madadkor” degan gap bor. Buni quvalik ishbilarmon Maxamatsoli Meliboyev faoliyati misolida ham ko’rish mumkin. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Quva tumanida o’tgan navbatdagi o’rganishlari chog’ida Qashqar mahallasida bo’lib, tadbirkor tomonidan olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi. 

Dastlab 50 o’rinli “Doktor MM” klinikasi va diagnostika markazi bilan tanishildi. Klinikada kardiologiya, terapiya, nevrologiya, akusher-ginekologiya, laboratoriya xizmatlari, funktsional diagnostika, stomotologiya, UTT, FGDS, EKG va fizioterapiya kabi jami 13 ta yo’nalishda aholiga tibbiy xizmatlar ko’rsatilayotganligi haqida ma'lumot berildi. 

Shuningdek, sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish maqsadida tadbirkor qishloq yoshlari uchun 2 ta sun'iy qoplamali yopiq futbol maydonini qurib bitkazib, foydalanishga topshirilganligini ma'lum qildi.

Albatta, sog’lom tanda, sog’lom fikr bo’lishi uchun kitob o’qish ayni muddao hisoblanadi. Shuning uchun jami 30 tadan ortiq ish o’rinlarini yaratgan Maxamatsoli Meliboyev “Ziyo maskani” kitob do’koni faoliyatini ham yo’lga qo’ygan. “Ziyo maskani”da bugungi kunda 5 mingdan ortiq badiiy kitoblar mavjud. 

Aytish mumkinki, yuqoridagi ishlarni amalga oshirish maqsadida tadbirkor tomonidan qariyb 5,0 mlrd.so’m mablag’ sarflangan bo’lib, u shu bilan cheklanib qolgani yo’q.

Joriy yilda 220 o’rinli xususiy maktab, o’quvchilar uchun 100 o’rinli yotoqxona, 60 o’rinli maktabgacha ta'lim muassasasi qurish ishlarini boshlab yuborgan. Viloyat rahbari bilan suhbatda 2 mlrd. so’m miqdorda kredit olishda ko’mak so’radi va uning murojaati ijobiy hal qilinadigan bo’ldi. 

Qishloq yoshlari va xotin-qizlarini sportga jalb etish, ular o’rtasida ham sog’lom turmush tarzini targ’ib etish maqsadida “Fitnes klub” tashkil etish ham tadbirkor rejasida bo’lib, ushbu maqsadlarga qariyb 4 mlrd.so’m mablag’ sarflanishi ko’zda tutilganligini aytib o’tdi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tadbirkor tomonidan olib borilgan ishlarni yuqori baholadi va bunday faollik va tashabbuskorlik doimo qo’llab-quvvatlanishini ta'kidladi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram