Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 119 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QUVADA YANGI ISH O’RINLARI YARATILADI: SANOAT ZONALARI TASHKIL ETILIB, ADIR VA TOSHLOQ YERLAR O’ZLASHTIRILMOQDA

×

 2022-01-19 12:13:05    368

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Quva tumanidagi o’rganishlari davomida “Turk” MFY dagi “Turk-2” kichik sanoat zonasi hamda “Turk-2” yoshlar kichik sanoat zonasidagi loyihalar bilan tanishdi.

Ishlab chiqarish maydoni 6 gektardan iborat bo’lgan “Turk-2” kichik sanoat zonasi jami 59 ta lotlarga ajratilgan. Qiymati 35.6 mlrd.so’mlik 40 ta loyiha joylashtirilib, buning natijasida 470 tadan ziyod yangi ish o’rinlari yaratilishi belgilangan. Hozirda 30 ta loyiha bo’yicha qurilish ishlari olib borilmoqda. Mebel ishlab chiqarish, shirinliklar tayyorlash, sutni qayta ishlash va boshqa yo’nalishlarda tadbirkorlar o’z faoliyatlarini boshlash arafasida.

“Turk-2” yoshlar kichik sanoat zonasining umumiy yer maydoni esa 7.34 gektar bo’lib, shundan ishlab chiqarish maydoni 5.71 gektardan iborat. Ushbu kichik sanoat zonasi 59 ta lotlarga ajratilgan. Hozirda umumiy qiymati 33.6 mlrd. so’mlik 47 ta loyiha joylashtirilgan. Ular ishga tushsa 450 o’rindan ziyod yangi ish joylari yaratiladi. Tikuvchilik, qurilish mollari ishlab chiqarish va boshqa yo’nalishlarda tadbirkorlar ish boshlaydilar. Viloyat hokimiga mana shular xususida ma'lumotlar berildi. Ishbilarmonlar bilan muloqotda viloyat rahbari kommunikatsiya tarmoqlari bilan bog’liq masalalar ham tez fursatlarda to’la hal etilishini aytib, mutasaddilarga zarur topshiriqlar berdi. 

Viloyat hokimi tumandagi Sherbo’tayev MMTP hududida yangi o’zlashtirilayotgan yerlarni ham borib ko’rdi. Fermer Karimjon Ashurov o’tgan yildan buyon qariyb 80 gektar toshloq yerni o’zlashtirganligini, ayniqsa, xorijdan tosh maydalaydigan texnika olib kelganidan so’ng ishlar yanada jadal tus olganligini aytib o’tdi. U ertapishar o’rik navlarini ekib, erta bahordan bog’ yaratish ishlariga kirishishini ma'lum qildi.

Shuningdek, Turkiya texnologiyasi asosida bir kunda 50 gektar maydonga suv yetkazib berish imkoniga ega bo’lgan sug’orish tizimini yo’lga qo’yganligi faoliyatini samarali bo’lishida qo’l kelishini ta'kidladi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram