Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 119 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QUVA TUMANIDA ISHLAB CHIQARILAYOTGAN TAYYOR TIKUV-TRIKOTAJ MAHSULOTLARI XORIJDA HAM XARIDORGIR BO’LMOQDA

×

 2022-01-19 12:16:13    713

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Quva tumanidagi “Quva tekstil” mas'uliyati cheklangan jamiyati faoliyati hamda u yerda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan ham tanishdi. “O’zbek” MFYda joylashgan ushbu yirik korxona bugungi kunda 40 ming tonna paxtani qayta ishlash xisobiga kalava-ip mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega. 

2021 yilda loyiha qiymati 9,2 mlrd. so’mlik tikuv-trikotaj tsexi ishga tushirilishi natijasida qo’shimcha yana 300 ta yangi ish o’rinlari yaratildi va ishchi-xodimlar 1100 nafardan oshdi. Hozirda o’z brendi bilan Rossiya, Xitoy, Turkiya, Qirg’iziston, Polsha, AQSh kabi davlatlarga tayyor mahsulotlar yetkazib bermoqda. 2021 yilda jami 18 mln. AQSh dollari miqdorida eksport amalga oshirildi.

2022 yilda ham tadbirkor o’z mablag’i hamda xorijiy kredit liniyalari hisobidan 71,7 mlrd. so’mlik loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirgan. Yangi to’quv, yigiruv hamda tikuv tsexlari tashkil etilib, 850 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi. Yillik eksport hajmini 25 mln. AQSh dollariga yetkazish maqsad qilingan. 

Tadbirkor viloyat rahbariga klaster tashkil etish va korxonani yanada kengaytirish istiqbollari haqida ham batafsil ma'lumot berdi. Shundan so’ng mehmonlar bu yerdagi ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan tanishdilar.

 O’rganishlar davomida tumandagi “Bahor” MFY hududida turk sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan "Gurer" MChJdagi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish jarayonlari ko’zdan kechirildi. 

Loyiha qiymati 1,2 mlrd. so’m bo’lgan ushbu korxona 2021 yilda ish boshlagan. 114 ming dollar to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiya mablag’lari sarflanib, ishga tushirilgan korxonada hozirda 80 nafardan ziyod xotin-qizlar mehnat bilan band. Viloyat rahbari korxona imkoniyatidan kelib chiqib ishchilarni 300 nafardan oshirish chora-tadbirlarini ko’rish yuzasidan o’z tavsiyalarini berdi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram