
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
O’ZBEKISTON TUMANIDA “YANGI O’ZBEKISTON” MASSIVI BUNYOD ETILMOQDA, TUMAN HUDUDIDA JORIY YILDA 26 TA YANGI KO’P QAVATLI UYLAR QURILADI

2022-01-19 22:05:38 331
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat bo’ylab ijtimoiy-iqtisodiy sohalalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish jarayonida bugun O’zbekiston tumanida bo’ldi.
Viloyat rahbari, dastlab "Yakkatut" MFYda barpo etilayotgan ko’p-qavatli uylar qurilishini ko’zdan kechirdi. Ayni kunda hududda “PFC TURON” MChJ tomonidan 76 xonadonli 4 ta ko’p qavatli uylar qurib bitkazilgan. Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini to’liq yakuniga yetkazish ishlari davom etmoqda. Xayrullo Bozorov ishlarni tezlashtirish yuzasidan mutasaddilarga zarur ko’rsatmalar berdi va shu yerda tumanning boshqa hududlarida qad rostlayotgan turar-joylar loyihalari yuzasidan muhokama o’tkazdi.
Joriy yilda tumandagi Yaypan shahri, “Bog’i Eram”, “Mingtut”, “Turkiston”, “Qulibek”, “Yaypan guzar”, “Yakkatut”, “Do’stlik” MFYlarda jami 684 ta xonadonli 26 ta ko’p qavatli uylar qurilishi rejalashtirilganligi qayd etilib, ularning loyiha taqdimotlari amalga oshirildi.
“Do’stlik” MFYda “Yangi O’zbekiston” massivi bunyod etilayotganligi, 5 qavatli 100 xonadondan iborat 5 ta ko’p qavatli uylar qurilib, u yerda “Yashil makon” yaratish, ishlab chiqarishlarni yo’lga qo’yish chora-tadbirlari ko’rilayotganligi aytib o’tildi.
Viloyat hokimi uylarning loyihalarini yanada takomillashtirish yuzasidan o’z tavsiya va ko’rsatmalarini berdi. Mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan qurilish mahsulotlarini ko’zdan kechirdi.
Yoshi ulug’ otaxonlar ishtirokida duolar qilinib, boshlangan xayrli ishlar barchaga qutlug’ bo’lishini tiladilar.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram