
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
O’ZBEKISTON TUMANIDA ZAMONAVIY UCH YULDUZLI MEHMONXONA QAD ROSTLAMOQDA

2022-01-19 22:25:11 276
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov O’zbekiston tumani Qulibek MFY hududida 2021 yil may oyida qurilishi boshlangan zamonaviy uch yulduzli mehmonxona qurilishi bilan tanishdi.
Tadbirkor Rustamjon Hakimov tashabbusi bilan barpo etilayotgan mazkur mehmonxonaning loyiha qiymati 6,9 mlrd. so’mni tashkil etadi. Shundan 2 mlrd. so’m bank krediti, qolgan summa “Yaypan Sayohat” MChJning aylanma mablag’lari hisobiga to’g’ri keladi.
Mazkur mehmonxona 70 o’ringa mo’ljallangan bo’lib, 24 ta nomerdan iborat. Shuningdek, mehmonxonada avtoturargoh, sport zal, sauna, ochiq basseyn, bolalar maydonchasi, favvora, 70 kishilik konferents-zal va boshqa qulayliklar mavjud.
Mehmonxonani joriy yil may oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram