
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
O’ZBEKISTON TUMANIDA YANGI YERLAR O’ZLASHTIRILIB, INTENSIV USULDAGI MEVALI BOG’LAR BARPO ETISH ISHLARI JADAL TUS OLDI

2022-01-19 22:57:08 284
O’zbekiston tumanidagi mavjud qir-adirliklar o’zlashtirilib, tosh-shag’alli yerlarda tomchilab sug’orish usulidagi yangi bog’lar barpo etilyapti.
Xususan, “Jonobod” MFY hududida “Sabr” MChJ hamda “Farg’ona yulduzlari” MChJ mas'ullari tomonidan qir-adirlar bag’rida ana shunday yangi yerlar o’zlashtirilmoqda.
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tumandagi o’rganishlari chog’ida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi. Mutasaddilar 150 gektardan ziyod yerlar o’zlashtirilganligini ma'lum qildilar.
Tadbirkor va dehqon Hayotjon Xaqqulov 20 gektar yerni o’zlashtirib, uni hozirda mo’'jaz bog’ qilish say'-harakatida ekanligini aytib o’tdi. Viloyat hokimi bilan muloqotda subsidiya olishda ko’mak so’radi va unga yordam beriladigan bo’ldi.
Shu yerda tumanda qishloq xo’jaligi yo’nalishidagi 30,5 mlrd. so’mlik 13 ta yangi loyihalar taqdimoti ham amalga oshirildi.
Tadbirkorlarning organik o’g’it tayyorlash va ulardan samarali foydalanish yuzasidan bildirilgan takliflari viloyat rahbari tomonidan qo’llab-quvvatlandi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram