
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
O’ZBEKISTON TUMANIDA YIRIK TEKSTIL KORXONASI VA YILLIK QUVVATI 550 MING TONNA BO’LGAN TSEMENT ZAVODI ISHGA TUSHIRILMOQDA

2022-01-19 23:19:58 346
Viloyat hokimi O’zbekiston tumani Bozor Yaypan MFYda “Bulut textile” MChJ tomonidan tikuvchilik tsexi, maishiy xizmat va savdo shahobchalarini tashkil etish loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tadbirkorning 5 mln. AQSH dollaridan ziyod o’z mablag’i evaziga amalga oshirilayotgan qurilishlar yakunlangach 130 nafardan ziyod yangi ish o’rinlari yaratilishi, shuningdek, tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari xorijga eksport qilinishi aytib o’tildi.
Keyingi manzilda Kichik tagob MFY hududida “Shaffof Sement sanoat” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan tsement ishlab chiqarish zavodi loyihasi qurilish ishlari ko’zdan kechirildi. Ushbu loyihaning qiymati 25 mln. AQSh dollari bo’lib, tashabbuskor mablag’i, bank krediti, xorijiy investitsiya hisobiga yillik 550 ming tonna mahsulot ishlab chiqarish yo’lga qo’yiladi. Loyiha 2022 yilning 2-choragida ishga tushirilib, 310 nafar yangi ish o’rinlari yaratiladi.
Viloyat rahbari shu yerda tuman sektorlari rahbarlari bilan sanoat zonalarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham suhbatlashdi. Ishlar jadal olib borilmayotganligini tanqid qilib, yo’l qo’yilgan kamchiliklarni tezda tuzatish zarurligini, loyihalarni amalga oshirib, ish o’rinlarini yaratish kerakligini uqtirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram