Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 123 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


HOKIM YORDAMCHILARI OLDIDAGI ENG MUHIM VAZIFA – YANGI ISH O’RINLARINI YARATISH! VILOYAT HOKIMI O’ZBEKISTON TUMANINING KICHIK OQMACHIT MFY HUDUDIDA BO’LDI

×

 2022-01-19 23:40:02    431

PDF yuklash
Chop etish


Davlatimiz mustaqilligining o’ttiz yilligi bayrami arafasida O’zbekiston tumanida “Obod qishloq” dasturi doirasida Kichik Oqmachit MFY ma'muriy binosi “O’rmonobod” ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi rahbari Murodjon Otajonov tashabbusi bilan davlat-xususiy sheriklik asosida qurib bitkazilgan edi. Loyiha qiymati 700 mln.so’mlik ishlar natijasida 2 qavatli binoda nafaqat MFY xodimlari uchun, balki tadbirkorlar uchun ham qulay shart-sharoitlar yaratilgan. 

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun tumandagi ushbu mahallada bo’lib, bu yerda nuroniylar bilan samimiy muloqot qildi. Ular o’zgarishlardan mamnun ekanliklarini ta'kidladilar.

Binoda faoliyat boshlagan tikuv tsexida hududdagi 15 nafar xotin-qizlarning bandligi ta'minlangan. Bundan tashqari savdo do’koni, dorixona, qassobxona va kosibchilik markazlarida ham yangi ish o’rinlari yaratilgan.

Viloyat rahbari MFYda yaqinda ish boshlagan hokim yordamchisi Olimjon Abdullayev bilan mahallaning “o’sish nuqtalari”ni aniqlash, aholi hayotini yaxshilash bo’yicha asosiy yo’nalish va vazifalar masalasida muloqot qildi. 

“O’sish nuqtalari”ni aniq belgilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta'minlashda asosiy omil bo’lishini qayd etgan viloyat hokimi, birinchi navbatda mahallada kundalik ehtiyojlar uchun zarur bo’lgan xizmatlar turlarini rivojlantirish, ishsiz yoshlar va ayollarning bandligini ta'minlash, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratish zarurligini uqtirdi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram