Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
XAYRULLO BOZOROV TURKIYA HAMKORLIK VA MUVOFIQLASHTIRISH AGENTLIGINING O’ZBEKISTONDAGI VAKOLATXONASI RAHBARINI QABUL QILDI
2022-01-20 18:39:20 321
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Jemalettin Tuneyni qabul qildi.
Samimiy uchrashuvda Farg’ona viloyati va Turkiya o’rtasida turli sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda qo’shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari xususida so’z bordi.
Viloyat hokimligi tomonidan ishlab chiqilgan, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining xalqaro grantini ham jalb etgan holda Rishton tumanidagi Burhoniddin Ar-Roshidoniy Al-Marg’inoniy ziyoratgohini rekonstruktsiya va restavratsiya qilish loyihasi ham uchrashuvda alohida muhokama qilindi.
Jemalettin Tuney majmua loyihasi bilan tanishar ekan, har bir bino-inshootning alohida smetasini ishlab chiqib ularga taqdim qilinsa, yakuniy hisob-kitoblardan kelib chiqib, TIKA loyihadagi qaysi ob'ektlarni moliyalashtirishini hamda tashkilotning moliyaviy ishtiroki hajmini belgilashini ma'lum qildi. Majmuaning yakuniy loyihasi yaqin kunlarda turkiyalik hamkorlarga taqdim etilishiga kelishildi.
Rejalashtirilayotgan loyihaga ko’ra, “Sohibi Hidoya” ziyoratgohi hududida yangi va zamonaviy bino-ishootlar qurilishi va uning negizida “Fiqh” ilmiy-amaliy markazi tashkil etish, kutubxona barpo etish, Burhoniddin Ar-Roshidoniy Al-Marg’inoniyning hayoti va asarlariga bag’ishlangan muzey tashkil etish, ziyorat turizmini yanada rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram