Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 116 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


YOZYOVONDA 65 GEKTAR MAYDONDA “YANGI O’ZBEKISTON” MASSIVI QURILISHI BOSHLANDI

×

 2022-01-21 20:32:48    302

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov hamrohligida Yozyovon tumanidagi “Yuqori Soybo’yi” MFY hududida “Yangi O’zbekiston” massivining qurilishi boshlanishiga bag’ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etdi.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi, Prezidentimiz boshlab bergan barcha islohotlar zamirida “Inson qadri uchun” degan g’oya yotganligini, islohotlar insonlarni bugungi yashab turgan turmush tarzida aks etishi, aholi bugungi kunidan rozi bo’lishi kerakligini ta'kidladi.

 Shuningdek, Yozyovon tumanida o’tgan yili barcha yo’nalishlarda ko’rsatkichlar yuqori bo’lganligini, biroq uzoq yillar hudud obod qilinmay, katta qurilishlar amalga oshirilmaganligini, sanoat yo’qligini, endi esa Yozyovon ham katta o’zgarishlarga yuz tutishini, Farg’ona tumani va Farg’ona shahri bilan bir qatorda bu yerda ham joy xususiyatidan kelib chiqqan holda 65 gektarlik yangi massiv qad rostlashini ma'lum qildi.

3 yilga mo’ljallangan loyihaga ko’ra, birinchi bosqichda 33 ta 5 va 7 qavatli 948 ta xonadondan iborat uylar qurilishi, imkoniyatdan kelib chiqib, bundan ham ko’proq ko’p qavatli uylar qurish mumkinligiga e'tibor qaratildi.

Ikkinchi bosqichda 29 ta, uchinchi bosqichda 24 ta, to’rtinchi bosqichda 52 ta ko’p qavatli uylar qurilib, “Yangi O’zbekiston” massivida jami 138 ta ko’p qavatli turar-joylarga 3856 ta xonadonlar joylashtiriladi. Bundan tashqari, “Yangi O’zbekiston” bog’i, Madaniyat saroyi, maktab va bog’chalar, poliklinika, xizmat ko’rsatish va savdo markazlari ham qurilib, aholi uchun qulay infratuzilma shakllantiriladi. Ishlab chiqarishlar va issiqxonalar faoliyati yo’lga qo’yilib, fuqarolar bandligi ta'minlanadi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram