Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 110 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI OLTIARIQ TUMANIDAGI IQTISODIY-IJTIMOIY SOHALARDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR BILAN TANISHDI

×

 2022-01-22 21:27:27    227

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov kecha Oltiariq tumanida bo’lib, iqtisodiy-ijtimoiy va boshqa sohalarda tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Viloyat rahbari dastlab “Oltiariq Rustamxon ko’rki” MChJda tashkil etilgan 1 000 tonna sig’imga ega meva-sabzavot saqlash omborxonasi va 70 sotixli maydonni egallagan issiqxonalar faoliyatini ko’zdan kechirdi.

Tadbirkor Abror Mamatxonov tashabbusi bilan 2021 yilning 1-choragida ishga tushirilgan issiqxonada limon ko’chatlari hosilga kirgunga qadar uning ostiga pomidor ko’chatlari ekilib, 300 million so’mgacha daromad olinmoqda.

Loyiha qiymati 7 mlrd. so’mga teng bo’lgan issiqxonada o’nlab yangi ish o’rni yaratildi. Viloyat rahbari issiqxona imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalasida o’z takliflarini berdi.

Viloyat rahbari korxona ochiq maydonida yangi joriy etilgan hokim yordamchisi vazifasiga nomzodi tasdiqlangan mutaxassislar bilan mahallalarning “o’sish nuqtalari”ni aniqlash, aholi hayotini yaxshilash bo’yicha asosiy yo’nalish va vazifalar to’g’risida muloqot qildi. 

Uchrashuvda mahallalarning “o’sish nuqtalari”ni aniq belgilash, tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini ta'minlashda asosiy omil bo’lishi qayd etildi. Viloyat hokimi birinchi navbatda mahallada kundalik ehtiyojlar uchun zarur bo’lgan xizmatlar turlarini rivojlantirish, ishsiz yoshlar va ayollarning bandligini ta'minlash, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish kabi masalalarga alohida e'tibor qaratish zarurligini uqtirdi.

Seminar davomida shu joyning o’zida tumandagi “Olmazor”, “Uzumchi” va “Jarqo’rg’on” mahalla fuqarolar yig’inidagi fermer xo’jaliklarida parvarishlanayotgan qo’y, quyon, tovuq, asalari hamda tomorqalarda yetishtirilayotgan ko’chatlar ko’rgazmasi ham tashkil etildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram