Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 103 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


KORXONALARDA ISHLAB CHIQARISH QUVVATINI KENGAYTIRISH HISOBIGA ISH O’RINLARI KO’PAYTIRILADI  

×

 2022-01-22 21:32:19    373

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Oltiariq tumanidagi navbatdagi o’rganishlarida Qapchug’ay MFY da tadbirkor Aziz Ibragimov tomonidan tashkil etilgan trikotaj mahsulotlarini tayyorlash tsexida bo’ldi. 

2021 yil so’nggi choragida foydalanishga topshirilgan korxonada ayni kunda 120 ta ishchi-xodimlar faoliyat olib borayotgan bo’lib, tayyor mahsulotlar Italiyaga eksport qilinmoqda.

Viloyat rahbari shu joyda turkiyalik investor bilan suhbatlashdi. Tsexdagi bo’sh joylarni hisobga olgan holda ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish hisobiga ish o’rinlarini 6 oy muddatda 500 tadan 1000 tagacha ko’paytirish, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni YEvropa davlatlariga eksportini oshirish yuzasidan topshiriq berdi. Tuman hokimi bu masala uchun mas'ul etib belgilandi.

Keyingi manzilda Ibn-Sino MFY hududidagi bo’sh turgan binoda “Fromoda tekstil” MChJ tomonidan tashkil etilgan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishildi.

Loyiha qiymati 1,0 mlrd.so’mga teng bo’lgan korxona 2021 yilning noyabr oyida foydalanishga topshirilgan, 160 ta ish o’rinlari yaratilgan. Mahsulotlar Rossiya davlatiga eksport qilinmoqda. 

Obod MFY hududida “Hamza Expo Art Textile” XK tomonidan 7 gektar maydonda mato, to’quv mahsulotlari va trikoraj mahsulotlari ishlab chiqarish korxonasi qurilishi jarayonlari bilan ham tanishildi. 

2022 yil 1-chorakda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan korxonaga 51,3 mlrd. so’m sarmoya kiritilgan. Korxona ishga tushishi natijasida 400 dan ziyod ish o’rinlari yaratiladi. Xitoy texnologiyasi bilan jihozlangan korxonada yiliga 3,5 mln. pogonometr mato ishlab chiqariladi. 

Viloyat rahbari korxona faoliyati bilan tanishib, xorijlik hamkorlar tajribasini o’rganish, matodan foydalanish, uni qayta ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va ish o’rnini yanada ko’paytirish zarurligini ta'kidladi.

Tuman sektorlari rahbarlari bilan muloqotda kichik sanoat zonalarini tashkil etishdagi sustkashlik tanqid qilindi. Sanoat, xizmat ko’rsatish, qishloq xo’jaligi sohalarida yangi loyihalar kamligiga e'tibor qaratilib, bu borada aniq vazifalar belgilab berildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram