Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI OLTIARIQ TUMANIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN INNOVATSION LOYIHALAR BILAN TANISHDI
2022-01-22 21:46:21 246
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Oltiariq tumanidagi o’rganishlari davomida Qapchug’ay MFY hududida tashkil etilgan Aqlli svetofor, elektr generatori, transformator va transformator shitlari ishlab chiqarish, yuqori o’tga chidamli g’isht, baliq chiqindisidan ozuqalar, baliq yog’i, soya yog’i, biogumus, issiqlik tejovchi qoplamalar hamda temir beton ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan tadbirkorlarning loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.
O’zbekiston Prezidentining iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarda ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni joriy etish ishlarini jadallashtirish yuzasidan qabul qilgan “Ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish bo’yicha davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish to’g’risida”gi qarori doirasida innovatsion hududga aylanayotgan Oltiariq tumanida ilmiy va innovatsion loyihalarni amalga oshirishda investitsiyalarni keng jalb etish borasida ish olib borilmoqda.
Dastlab tumanning 2021 yil yakuni bo’yicha erishilgan ko’rsatkichlari va 2022 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan innovatsion loyihalari taqdimoti o’tkazildi. Sektorlar kesimida joriy yil davomida rejalashtirilgan loyihalarning kamligi viloyat rahbarining keskin tanqidiga sabab bo’ldi. Loyihalarni qayta ko’rib chiqish, ish o’rinlari yaratish bo’yicha ham alohida ish olib borish topshirig’i berildi.
Shundan so’ng tadbirkorlar o’z loyihalari bilan birma-bir tanishtirib chiqdilar. Xususan, Qo’shtepa, Oltiariq tumanlari va Marg’ilon shahrida sinovdan o’tkazilayotgan aqlli svetoforning afzalliklari haqida ma'lumot berilgan bo’lsa, yosh tadbirkor Jasur Mahmudov har biri 32 mln. so’mga teng bo’lgan transformator va transformator shitlari ishlab chiqarmoqda, Rahmatjon Erkaboyev svetofor va yo’l chiroqlarini doimiy elektr energiyasi bilan ta'minlovchi generatorlarning qulayliklari haqida tushuntirdi. “Mikro GES”, yuqori o’tga chidamli g’isht, baliq chiqindisidan ozuqalar, baliq yog’i, soya yog’i, biogumus, issiqlik tejovchi qoplamalar hamda temir beton ishlab chiqarish loyihalari ham viloyat rahbarining e'tiborini tortdi.
Loyihalar bilan tanishar ekan viloyat hokimi, yer maydoni so’rab murojaat qilgan tadbirkorlarga kichik sanoat zonalaridan maydon ajratish bo’yicha mutasaddilarga ko’rsatmalar berdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram