Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


KATPUT MAHALLASIDA 30 TA KO’P QAVATLI UYLAR VA 50 GEKTAR MAYDONDA KSZ TASHKIL QILINADI

×

 2022-01-22 21:49:25    243

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Oltiariq tumanidagi o’rganishlari davomida Katput MFY hududida yangi o’zlashtirilayotgan maydonlarni borib ko’rdi.

Hozirda adirlikning eng yuqori qismida 160 metr chuqurlikda quduq qazilib, yangi yerlarni o’zlashtirish ishlari boshlangan. Yana 2 ta skvajina kovlash, uzum bog’ qilish ishlari jadallik bilan ketmoqda.

Viloyat rahbari tuman sektor rahbarlari bilan suhbatda 20 sotixdan yosh oilalarga, ishsiz, kam ta'minlangan fuqarolarga bo’lib berish, ko’chat ekish ishlarini tezlatish, tuman 3-sektor rahbariga shu joyda shtab tashkil qilib, 3 oy muddatda mingta ish o’rni qilish, ishlarni tezlashtirib, 1000 gektar maydon o’zlashtirilib, u yerda tokzor barpo etish va Navro’z bayramiga qadar yakunlash va yoshlarga bo’lib berish bo’yicha topshiriqlar berdi.

Tuman hokimi Xolmirza Niyozov 100 gektar maydonda suv chiqarish uchun mablag’ so’radi. Skvajinalar uchun viloyat maxalliy byudjetidan 1 mlrd. mablag’ ajratish bo’yicha topshiriq berildi.

Bundan tashqari, hududda dam olish maskani ochish taklifi ham bildirildi. Bunda 1000 gektar tokzor bo’lsa, dam oluvchilar soni ham oshishiga erishilishi aytib o’tildi. 

Viloyat rahbari vaqt o’tayotganligi tezroq ko’chatlarni ekishni boshlash kerakligi, plyonka tortib qovun, tarvuz ham ekish kerakligi, har bir skvajina yoniga hovuz tashkil qilish yuzasidan qator topshiriqlar berdi.

Shundan so’ng tumandagi Katput massivida joylashgan sanoat hududiga qurilishi rejalashtirilgan ko’p qavatli turar-joy binolari, 12 gektar maydonda barpo etiladigan Yoshlar kichik sanoat zonasida amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishildi.

Hozirda bu yerda 3 ta 5 qavatli 90 xonadondan iborat uylar qurilishi yakuniga yetmoqda.

Viloyat rahbari bu yil ushbu hududda 30 ta 1 pod'ezdli turar-joylar qurish, Yangi O’zbekiston massivi tashkil etish bo’yicha bosh reja ishlab chiqish topshirig’ini berdi.  

3-sektor hududidagi Yoshlar kichik sanoat zonasida 56 ta loyiha qilingan, 25 ta loyiha auktsionga qo’yilgan. 

Viloyat rahbari 1-2-sektor rahbarlari mas'ulligida 50 gektar maydonda kichik sanoat zonasi tashkil qilish va odamlarni bandligini ta'minlash choralarini ko’rish bo’yicha ko’rsatmalar berdi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram