Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV MALAYZIYANING “CLIPPER ASSOCIATES” KOMPANIYASI GURUH RAHBARI MUHAMMAD HALIM SHOH HOSHIMNI QABUL QILDI
2022-01-22 21:50:32 242
Uchrashuvda Farg’ona viloyati va Malayziya o’rtasida turli sohalarda hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda qo’shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari xususida so’z bordi.
Shuningdek, Farg’ona viloyatida shamol va quyosh elektrostantsiyalari barpo etish, viloyat hududida elektromobillar ishlab chiqarish, shaharsozlik sohasida yangi texnologiyalar asosida binolar qurish, viloyat hududida elektro avtobuslar yo’nalishini yo’lga qo’yish va bu orqali Farg’ona, Marg’ilon, Quvasoy shaharlari o’rtasida transport hizmatini tashkillash masalalari bo’yicha ham muhokamalar o’tkazildi.
Muhammad Halim Shoh Hoshim Malayziya kontseptsiyasi asosidagi loyihalarni Farg’ona viloyatida amalga oshirishga tayyor ekanligini, Farg’ona shahrining Alisher Navoiy ko’chasida, “Tadbirkorlar uyi” yonida qurilishi rejalashtirilgan 18 qavatli zamonaviy biznes va savdo markazi hamda mehmonxona loyihasi bo’yicha ham alohida reja ishlab chiqilganini ma'lum qildi.
Viloyat hokimi hamkorlikda ishlash va malayziyaliklarning biznesini rivojlantirish uchun barcha sharoitlar yaratilishini alohida qayd etdi.
Uchrashuvda muhokama qilingan hamda hamkorlik qilish bo’yicha kelishib olingan barcha masalalar yuzasidan viloyat hokimligi hamda Malayziyaning “Clipper Associates” kompaniyasi o’rtasida “Yo’l xaritasi”ni tayyorlash hamda uning asosida aloqalarni kengaytirib borishga kelishib olindi.
“Clipper Associates” kompaniyasi uy-joy qurilishi, biznes boshqaruvi, sanoat zavodlari shu jumladan, elektr stantsiyalari uchun integratsiyalashgan muhandislik xizmatlarini taklif etadigan kompaniya hisoblanadi. Hozirgi paytda kompaniya Malayziyaning Lankavi orolida elektroavtobuslar loyihasi, Kuala Lumpur shahrida barpo etilayotgan “Kampung Baharu” yangi smart qishloq loyihasi, Malayziyaning Celecom telefon kompaniyasi uchun 5G internet tezligiga mo’ljallangan ma'lumotlar bazasi loyihalarini amalga oshirib kelmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram