Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 87 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA TUMANIDA HAM “YANGI O’ZBEKISTON” MASSIVINING TAMAL TOSHI QO’YILDI

×

 2022-01-23 09:05:50    402

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’ona tumanidagi “Yangi asr” MFY hududida barpo etilayotgan “Yangi O’zbekiston” massiviga tamal toshi qo’yish marosimida ishtirok etdi. 

“Inson qadri uchun” degan ezgu g’oya bilan Prezidentimiz katta islohotlarni boshlab berganligiga yig’ilganlar e'tiborini qaratgan viloyat rahbari, aholini rozi qilish, turmush darajasini ko’tarish bugungi barcha ishlarning bosh maqsadi ekanligini yana bir bor ta'kidladi.

“Har bir oilaning yashash tarzida islohotlar kirib borgan bo’lishi, aks etishi kerak. Birinchi navbatda oilaga uy-joy bo’lsa, yaxshi ish joyi, daromadi bo’lsa, eng asosiysi shu. Uy-joyi, daromadi bo’lgandan keyin oilasi tinch bo’ladi. Farzandlarini ham yaxshi o’qitadi”, - dedi Xayrullo Bozorov.

Shuningdek, bugun Yangi asr massivida qurilishlar boshlanganligi, Mindonobodda ham 25 ta uylar qurilishi yakuniga yetib qolgani, Farg’ona tumanining o’zida o’tgan 2021 yilda 47 ta ko’p qavatli uylar qurilishi amalga oshirilganligi qayd etildi.

Viloyat hokimi, keyinchalik hozirgi kunda hududda qurilishi boshlanayotgan ko’p qavatli uylarni ham avvalgi qurilgan uy-joylar bilan birlashtirib, ko’zni quvontiradigan, aholi yashashi uchun barcha qulayliklari bo’lgan yaxlit bir kompleks yaratish kerakligi yuzasidan mutasaddilarga ko’rsatma va topshiriq berdi.

Tadbirda nuroniylar ham o’zgarishlardan xursand ekanliklarini, avval dasht bo’lgan joylarda ko’plab yangi uylar, binolar qad rostlayotganligi aholi kayfiyatiga ham ijobiy ta'sir qilayotganligini aytishib, boshlangan ishlar barakali, xayrli bo’lishligini tilab duo qildilar. Shundan so’ng yangi uylar qurilishi uchun tamal toshi qo’yildi.

Hozirda 21 gektar yer maydoni ajratilgan “Yangi O’zbekiston” massivida 5 ta 5 qavatli, 20 ta 7 qavatli, 8 ta 9 qavatli jami 33 ta 1428 ta xonadonli uy-joylar va infratuzilma ob'ektlarini qurish jarayonlari boshlandi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram