
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
Ishonch telefoniga berilgan baholar
BESHARIQDA PARRANDACHILIK YANADA RIVOJLANTIRILADI: “KULOLOBOD” MFYNING “O’SISH NUQTASI” BELGILANDI
2022-01-23 09:12:26 464
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov shahar-tumanlarda bo’lib, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ishlar bilan tanishmoqda. Xususan, navbatdagi manzil Beshariq tumani bo’ldi.
Dastlab “Vodiy naslli parranda” fermer xo’jaligi rahbari, tadbirkor Bohirjon Turdaliyev tomonidan Vatan MFYda amalga oshirilayotgan parrandachilik loyihasi ko’zdan kechirildi.
Bu yerda uzunligi 96, eni 18 metr bo’lgan binoga Germaniyaning “Xelman” kompaniyasidan zamonaviy jihozlar olib kelinib, 82 mingdan ziyod parranda parvarish qilish rejalashtirilganligi aytib o’tildi. Qariyb 9,0 mlrd. so’mlik loyiha ishga tushsa, 50 ta yangi ish o’rinlari yaratiladi.
Viloyat rahbari tadbirkorga loyihani tezroq ishga tushirish zarurligini ta'kidladi.
Shundan so’ng tumandagi “Kulolobod” MFYda parrandachilikni rivojlantirish va aholi bandligini ta'minlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar o’rganildi. Mahallada faoliyat boshlagan hokim yordamchisi hududda 651 ta xonadon bo’lib, mahallaning “o’sish nuqtasi” parrandachilik bo’lishini qayd etdi.
Uyi darvozasi oldiga Veterinariya dorixonasini ochib, mahalladoshlariga maslahat va ko’mak berib, ham tadbirkorlik qilib daromad topayotgan Ramzjon Mirzayev uyida 500 ta tovuq parvarishlab, qo’shimcha pul topish manbasiga erishganini aytdi.
Shu qishloqda yashovchi Mohidil Mirzayeva esa 3 ta qo’shni bilan birgalikda 90 mln. imtiyozli bank krediti evaziga 3 mingta parrandaga ega korxona ochganliklarini, bir kunda o’rtacha 800 ming, 1 million so’m miqdorida tushum bo’layotganligini ma'lum qildi.
Uyma-uy yurib aholi tajribasi bilan yaqindan tanishgan viloyat rahbari bir hafta ichida “Kulolobod” MFYdagi 50 ta xonadonda parrandachilikni yo’lga qo’yish yuzasidan viloyat va tuman mutasaddilariga topshiriq berdi va buni o’zi nazoratga olishini ta'kidladi.
Shuningdek, hududda parrandachilik, qoramolchilik, quruq meva eksportini yo’lga qo’yish bo’yicha tayyorlangan loyihalar bilan ham tanishib, ular ham qo’llab-quvvatlanishini ma'lum qildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram




