Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 248 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


UCHKO’PRIK TUMANIDA 15 GEKTAR MAYDONDA “BOBOSHBEK” SAVDO VA ISHLAB CHIQARISH MAJMUASI LOYIHASI ASOSIDA BOSHLANGAN QURILISH ISHLARI JADALLIK BILAN OLIB BORILMOQDA

×

 2022-01-23 15:54:59    271

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Uchko’prik tumanida bo’lib, “Boboshbek” mahalla fuqarolar yig’ini hududida 15 gektar maydonda bunyod etilayotgan yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish, logistika va savdo kompleksi loyihasi asosida ketayotgan qurilish jarayonlari bilan tanishdi.

Viloyat hokimining oldingi tashriflari davomida belgilab berilgan ko’rsatmalari bo’yicha 3 qavatli inshootlar qurilishi boshlangan bo’lib, unga viloyatimizdagi yirik qurilish kompaniyalari jalb etilgan, hozirda 50 ta texnika va qariyb 900 nafarga yaqin ishchilar tomonidan qurilish jarayonlari jadallik bilan olib borilmoqda.

Qurilish jarayonlari bilan yaqindan tanishgan viloyat rahbari, loyihalar bo’yicha zinalar, liftlar joylashuvi, inshootga kirish yo’laklari bo’yicha me'moriy kamchiliklar ko’zga tashlanganligi sabab viloyat qurilish bosh boshqarmasi boshlig’ini tanqid qildi. Mavjud muammo va kamchiliklarni qisqa muddatda bartaraf etish bo’yicha topshiriq berildi.

Shuningdek, viloyat rahbari inshootlarning fasadi, kirish qismlari chiroyli bo’lishi, asosiy kirish tomoniga katta tadbirkorlar uchun joy ajratilishi, xonalar 150-200 kishiga moslab qurilishi, qurilish davomida elektr kabellarini joylashuvini inobatga olish, tepa qismlarda yoritgichlar bo’lishi, atrofni gulzor qilish, turli manzarali ko’chatlar ekish zarurligi, binolarning teng bitishiga alohida e'tibor qaratilishi bo’yicha quruvchilar va mas'ullarga bir qator topshiriq va ko’rsatmalar berdi. Bundan tashqari, direktsiya uchun maxsus brend ham topish kerakligi aytib o’tildi. 

Yurtimizda ilk bor barpo etilayotgan zamonaviy yengil sanoat va savdo majmuasida 2 ta logistika markazi, 212 ta ishlab chiqarish tsexi, 336 ta savdo do’koni, 560 ta kichik savdo rastasi tashkil etilishi rejalashtirilgan. 7 ming 700 dan ortiq fuqarolar o’z ish o’rinlariga ega bo’lishadi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram