
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI BESHARIQDA ISHSIZLIKNI KAMAYTIRISHDA MAVJUD IMKONIYATLARDAN TO’LAQONLI FOYDALANILMAYOTGANLIGINI TANQID QILDI

2022-01-23 16:09:42 376
Beshariq tumanidagi davlat soliq inspektsiyasi sektoridagi “Lyuks yan teks” MChJ paxtachilik klasteri korxonasida bugungi kunda paxta tolasidan tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishgacha bo’lgan tsexlar faoliyat olib bormoqda. Viloyat rahbari Xayrullo Bozorov tumandagi o’rganishlari davomida bu yerda bo’lib, ishlab chiqarish quvvatlari bilan tanishdi. Korxona tomonidan 2021 yil davomida qiymati bor-yo’g’i 400 ming AQSh dollaridan ziyod mahsulotlar xorijga eksport qilinganligi ma'lum bo’ldi.
Viloyat hokimi 1000 o’rinli korxonada atigi 130 nafardan ziyod ishchi-xodimlar ishlayotganiga e'tibor qaratdi va buni keskin tanqid qildi. O’quv markazi faoliyatini yo’lga qo’yib, yangi ishchi-xodimlarni tayyorlash, korxonani yanada jonlantirish yuzasidan tadbirkor va mutasaddilarga ko’rsatma va topshiriqlar berdi.
Shu kuni Yangi Hayot MFY hududida tadbirkor Odiljon Turg’unov “Sharqona plast” oilaviy korxonasining dekor, plastik, polietilen quvurlar ishlab chiqarish tsexi haqida ma'lumot berdi. Umumiy qiymati 1 mlrd. so’m bo’lgan korxonada diametri 400-500 mm bo’lgan quvurlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilib, 15 nafardan ortiq ish o’rinlari yaratilganligi aytib o’tildi.
Navbahor mahalla fuqarolar yig’inida “Beshariq Crusher” MChJ tomonidan tashkil etilgan un ishlab chiqarish korxonasida 2021 yilda Turkiya texnologiyasi asosida yangi quvvatlar ishga tushirilgan. Ishlab chiqarish quvvati 30 ming tonnadan ziyod. Umumiy loyiha qiymati 17,5 mlrd. so’m bo’lgan korxonada 30 nafardan ortiq ishchi-xodimlar mehnat qilmoqda. Viloyat hokimi korxona faoliyatini yuqori baholadi.
Biroq, tumanda ishsizlikni kamaytirish uchun mavjud imkoniyatlardan yetarlicha foydalanilmayotganligini yana bir bor ta'kidlandi. Sektor rahbarlari va mas'ullarga aholi bandligini ta'minlash chora-tadbirlari yuzasidan zarur vazifa va topshiriqlar berildi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram