
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
XAYRULLO BOZOROV: BESHARIQDA ISHLAB CHIQARISHNI KO’PAYTIRISH, YANGI ISH O’RINLARINI YARATISH KERAK

2022-01-23 16:14:34 335
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Beshariq tumani Bo’ston MFYda tadbirkorlar va investorlar tomonidan amalga oshirilayotgan yirik loyihalar bilan tanishdi.
“Lux Yan Tex” MChJ paxtachilik klasterining 239 mlrd. so’mlik ip-yigiruv fabrikasi, bundan tashqari mato to’qish, mato bo’yash, yog’ ishlab chiqarish, chorvachilik kompleksi loyihalari haqida ma'lumotlar taqdim etildi.
“Drujba un kombinati” MChJ xorijiy korxonasining umumiy qiymati 3 mln. AQSh dollari bo’lgan un mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi borasida axborot berildi.
Viloyat hokimi, shuningdek, Vorux dasht MFYda qurilishi belgilangan “Farg’ona Yasin qurilish mollari” MChJ tomonidan 1 trln. 209,4 mlrd. so’mlik tsement ishlab chiqarish loyihasini tezroq yo’lga qo’yish zarurligini ta'kidladi.
O’rganishlar davomida viloyat hokimiga Baxmal MFY hududida tumandagi mavjud sanoat zonalaridagi ishlab chiqarish loyihalari yuzasidan ham ma'lumot taqdim etildi.
Hozirda tumanda “Voruh Dasht”, “Baxmal”, “Novkat” kichik sanoat zonalari hamda “Taraqqiyot” yoshlar kichik sanoat zonasi tashkil etilgan bo’lib, ularga tadbirkorlar o’z ishlab chiqarishlarini joylashtirishmoqda.
Xususan, “Baxmal” kichik sanoat zonasida asfalt ishlab chiqarish, shifer, oxak, mix kabi qurilish mollari, chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalari amalga oshirilmoqda. Kommunikatsiya tarmoqlari tortish ishlari yakunlanyapti.
Viloyat hokimi sanoat zonalariga tadbirkorlarni yanada ko’proq jalb qilish, ularga ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishgacha bo’lgan jarayonda har tomonlama amaliy ko’mak berish bo’yicha mutasaddilarga ko’rsatmalar berdi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram