Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 109 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“ANDARXON”DA QOVUNCHILIK KLASTERI TASHKIL ETILADI

×

 2022-01-23 16:19:34    326

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Beshariq tumanidagi o’rganishlari davomida “Andarxon” MFYda bo’lib, 11 mlrd. so’m mablag’ evaziga davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida qurib bitkazilgan, barcha qulayliklarga ega mahalla fuqarolar yig’ini binosining ochilish marosimida ishtirok etdi.

Mahalla fuqarolar yig’ini raisi, hokim yordamchisi, nuroniylar va qishloq ahli bilan samimiy suhbatlashdi.

Muloqotda andarxonliklar hududning “o’sish nuqtasi” qovunchilikni rivojlantirish ekanligini ma'lum qildilar. Chunki, MFYda 845 tadan ziyod xonadonlar bo’lib, qadimdan qovun saqlash sirlarini o’zlashtirib kelgani sabab aholi 70-80 foiz xonadonlarda qovunchilik bilan shug’ullanadi. 

Saqlash joylarida bo’rikalla, qirqma, umrboqiy, kampirto’n va boshqa navdagi qovunlar saqlanadi. Qishloq ahli asosan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida dehqonchilik qiladi. Shirindan shakar qovunlarni saqlashda qishloq hududining geografik joylashuvi ham muhim ahamiyatga ega. Hududning o’ziga xos shamoli va saqlash joylari qovunlarni hatto may oyigacha saqlash imkonini beradi.

Qishloqdagi Sharipovlar xonadonida bo’lgan viloyat hokimi oila daromadi bilan qiziqdi. Xonadon vakillari bir yilda 1 gektar yerdan sarf-harajatlardan tashqari 20 mln. so’mdan ortiq daromad qilishini aytishdi.

93 yoshli otaxon Shamsiddin Isomiddinov ham mehmonlarni o’z uyiga taklif qilib, xonadonda saqlanayotgan qovunlarni ko’rsatdi.

Andarxon qovunlaridan ta'tib ko’rgan viloyat rahbari bunday shirin qovunlarga xorijliklar, xususan, yaponiyaliklar ham katta qiziqish bildirishganini ta'kidladi.

Tegishli viloyat hamda tuman mutasaddilari bilan birgalikda barcha amaliy chora-tadbirlarni belgilab, qovunchilik klasterini tashkil etish bo’yicha topshiriq berildi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram