Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Fevral 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
2425262728  

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 114 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHRIGA YANGI HOKIM TAYINLANDI

×

 2022-01-25 10:18:17    300

PDF yuklash
Chop etish


Bugun, 24 yanvar kuni Xalq deputatlari Farg’ona shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo’lib o’tdi. 

Sessiya ishida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, shahar kengashi deputatlari, viloyat va shahar hokimlarining o’rinbosarlari, sektorlar, boshqarma va tashkilotlar rahbarlari, mahallalar raislari, jamoatchilik faollari, OAV vakillari ishtirok etdilar.

Sessiyada so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, shahar hokimi vazifasida ishlab kelgan Mirzohid Ubaydullayev Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirining o’rinbosari – Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimiga tayinlangani, sobiq shahar hokimi faoliyati samarali bo’lganligi, unga katta ishonch bildirilganligini aytib o’tdi.

Viloyat rahbari, Farg’ona shahridagi o’zgarishlar, imkoniyatlar, qilingan ishlar va oldinda turgan vazifalar haqida ham to’xtalib o’tdi.

Viloyat hokimi, Nazarov Vosiljon Shuxratovich nomzodini Farg’ona shahar hokimi lavozimiga tavsiya qildi. "Tashabbuskor, izlanuvchan rahbar, befarq emas, harakatchan, fidoyi, yosh kadrlardan biri", - dedi Xayrullo Bozorov.

Tavsiya etilgan nomzod shahar kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan qo’llab-quvvatlandi.

Vosiljon Nazarov 1984 yil Buvayda tumanida tug’ilgan. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. 2006 yildan moliya tizimida mehnat qilib kelgan, 2019-2021yillarda viloyat moliya bosh boshqarmasi boshlig’i, 2021 yildan Bag’dod tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram