Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Avgust 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 96 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA “YANGI O’ZBEKISTON” MASSIVLARI TURKUMIGA KIRUVCHI O’ZBEKISTONDAGI ILK EKOSHAHARNING TAMAL TOSHI QO’YILDI

×

 2022-01-31 11:55:43    375

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahrida barpo etilayotgan Ekoshahar hududida “Yangi O’zbekiston” massiviga tamal toshi qo’yildi. Tantanali marosimda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, sektor rahbarlari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

“Inson qadri uchun” degan ezgu tamoyil bugun barcha jabhada o’z ifodasini topmoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda aholini uy-joy bilan ta'minlash, turmush darajasini yanada yaxshilash ishlariga muhim e'tibor qaratilayotgani zamirida ham ana shu ulug’vor maqsad mujassam. Farg’ona viloyatida o’tgan yil mazkur yo’nalishda keng ko’lamli ishlar amalga oshirildi. Xususiy pudrat tashkilotlari tomonidan 6 ming 369 xonadonli 193 ta ko’p qavatli uylar bunyod etildi. 

Mamlakat bo’ylab “Bag’dod tajribasi” deya e'tirof etilgan massivning qad rostlashi muhim voqelik bo’ldi, desak yanglishmaymiz. Darhaqiqat, qisqa fursat ichida Bag’dod tumani “Guliston” mahalla fuqarolar yig’ini hududida 1 ming 236 xonadonni jamlagan 61 ta zamonaviy ko’p qavatli turar-joylardan iborat shaharcha bo’y ko’rsatdi. Bu yerda aholi uchun barcha infratuzilma yaratildi. Qishloq joylarida barpo etilayotgan zamonaviy ko’p qavatli turar-joylar qurilishi faqat Bag’dod tumani bilan cheklanib qolmadi. Katta shaharlardagidan qolishmaydigan, o’zida bolalar maydonchasi, sport maydonchasi, avtoturargohlarni mujassam qilgan turar joy majmualari Buvayda, Uchko’prik, Oltiariq va boshqa tumanlarda ham qad rostladi. Joriy yilda bu ishlar davom ettirilayotgan bo’lib, Farg’ona shahri, Farg’ona va Yozyovon tumanida “Yangi O’zbekiston” massivlarining qurilishi ko’zda tutilgan.  

Xususan, viloyat markazida 300 gektar maydonda 40 ming aholiga mo’ljallangan yo’ldosh shaharchani bunyod etish ishlariga kirishilmoqda. Hozirga qadar ekoshahardagi “Yangi O’zbekiston” bog’ining qariyb 40 gektar maydoniga manzarali daraxtlar ekildi va bu ishlar davom etmoqda. Yangi massiv qurilishining boshlanishi marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov so’zga chiqib, noyob loyiha doirasidagi bunyodkorlik ishlari aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga xizmat qilishini alohida ta'kidladi.  

–Bugun Farg’ona viloyati hayotida tarixiy kun, – deydi viloyat hokimi. –Katta maqsadlar va yuksak marralarni ko’zlagan holda ko’p qavatli uylar qurilishiga kirishilmoqda. Birinchi bosqichda 80 ta ko’p qavatli uylarni bunyod etishni rejalashtiryapmiz. Ikki yilda ekoshaharning qurilishini yakunlamoqchimiz. Bu yerdagi har bir ishning o’z egasi bor. Tasavvur qiling ikki yilda mana shu 300 gektarlik dasht maydon o’rnida ko’p qavatli uy-joylar, “Yangi O’zbekiston” bog’i, maktab, poliklinika, qo’yingki, barcha infratuzilmaga ega shaharcha paydo bo’ladi. Qolaversa, loyiha oddiy emas. Prezidentimizning topshirig’i asosida Janubiy Koreya tajribasi asosida bu shaharchaning loyihasi ishlab chiqildi. 7, 9, 12, 25-qavatli uylarning narxini aholiga maqbul keladigan qilib belgilayapmiz. Shuningdek, bu yerda barcha infratuzilma yaratiladi. 

Marosimda Qur'on tilovat qilinib, yaxshi niyatlar bilan duo-fotihalar qilindi. Shundan so’ng qurilish ishlariga start berilib, dastlabki bino poydevoriga kelajakka bitilgan maktub solingan kapsula joylashtirildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram