Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZGARISH BOR, HARAKAT BOR, LEKIN QILADIGAN ISHLARIMIZ HALI KO’P: VILOYAT HOKIMI FURQAT TUMANIDA IJTIMOIY-IQTISODIY SOHALARDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR BILAN TANISHDI

×

 2022-01-31 12:00:55    394

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat shahar va tumanlari hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish jarayonida kecha Furqat tumanida bo’ldi.

Tumanda aholi bandligini ta'minlash, daromadini oshirish, yangi korxonalar tashkil etish, xalqning turmush darajasini yuksaltirish bo’yicha 4 ta sektor rahbarlari tomonidan qilinayotgan ishlar umumiy olganda, viloyat rahbari tomonidan ijobiy baholandi. “O’zgarish bor, harakat bor, lekin qiladigan ishlarimiz hali ko’p” dedi Xayrullo Bozorov. 

Dastlab viloyat hokimi G’uncha MFY hududida joylashgan “Bulut textile” MChJ tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan umumiy qiymati 20 mln. dollarlik aralash iplar ishlab chiqarish investitsiya loyihasining borishi bilan tanishdi. 600 ta ish o’rni yaratilishi ko’zda tutilgan korxonada qurilish ishlarining borish sur'ati bo’yicha viloyat hokimi loyiha tashabbuskorlariga o’z e'tirozini bildirdi. Klaster korxonalari, o’zlariga berilayotgan imtiyozlar hamda sharoitlarni qadrlab, yangi ishlab chiqarish liniyalarini tez yo’lga qo’yishlari, aholini ish bilan ta'minlash borasida o’zlari olgan majburiyatlarni bajarishlari lozimligiga e'tibor qaratildi.

Viloyat hokimi tumandagi “Tomosha” Yoshlar kichik sanoat zonasidagi qurilish materiallari ishlab chiqarish, “Uzunchek” Yoshlar KSZdagi don va dukkakli mahsulotlarni qayta ishlash va eksportga yo’naltirishga ixtisoslashgan loyihalarni ham ko’zdan kechirdi. Ayniqsa 3-sektor hududidagi “Uzunchek”da yosh tadbirkorlar tomonidan moshni qayta ishlab xorijiy davlatlarga eskporti yo’lga qo’yilgani viloyat hokimi tomonidan yuqori baholandi. KSZlarida tadbirkorlarning o’z faoliyatlarini kengaytirish yoki loyihalarni ishga tushirishni tezlashtirish uchun qo’shimcha kredit mablag’lari ajratish bo’yicha murojaatlarining barchasini tez va ijobiy hal etish bo’yicha Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig’iga ko’rsatma berildi.

Xayrullo Bozorov, “Temiryo’lchi” KSZdagi “Mastona bo’stoni” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan qiymati 42 mlrd. so’mlik “Un zavodi tashkil qilish” loyihasini borib ko’rdi. Hozirda qurilish-ta'mirlash ishlari davom etayotgan korxona, 2022 yil 1 iyulda ishga tushiriladi va yillik 48 ming tonna un mahsulotlari ishlab chiqarish quvvatiga ega bo’ladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram