
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FURQAT TUMANIDA YAXSHI NIYAT BILAN BOSHLANGAN “YAXSHI NIYAT” MASSIVI ZAMONAVIY TURAR-JOY MAJMUASIGA AYLANDI

2022-01-31 12:04:34 363
Furqat tumanidagi o’rganishlar doirasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, tumanning “Yaxshi niyat” massivida qurib foydalanishga topshirilgan ko’p qavatli zamonaviy uy-joylarni ko’zdan kechirdi.
2021 yilda “Yaxshi niyat” massivida 1 ta 4 qavatli 24 xonadonli va 4 ta 5 qavatli 120 xonadonli jami 144 xonadonli ko’p qavatli uy-joylar qurib bitkazildi.
Bundan tashqari, 2022 yilda ushbu massivda yana 5 ta 5 qavatli 150 xonadonli uy-joylar qurilishi rejalashtirilgan. Hozirgi kunda uy-joylarni qurish uchun kotlovan qazish ishlari olib borilmoqda.
Viloyat hokimi bilan muloqot chog’ida yangi uy egalari, Davlatimiz rahbarining aholini har tomonlama qo’llab quvvatlashga hamda turmush farovonligini oshirishga qaratilgan siyosatidan o’z minnatdorchiliklarini izhor qildilar.
Viloyat hokimi aholini arzon uy-joyga bo’lgan ehtiyojini ta'minlash maqsadida viloyat bo’ylab 3 ta hududda “Yangi O’zbekiston” massivlari qurilishi boshlanganiga tuman rahbarlari e'tiborini qaratib, Furqat tumanida ham “Yangi O’zbekiston” massivlari turkumida zamonaviy turar-joy majmuasi barpo etish uchun yer maydonini belgilash yuzasidan topshiriq berdi.
Tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi doirasida 2021 yillarda ushbu mahallada turkiyalik investor tomonidan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Shuningdek hududda joylashgan "National Dairy Industry" MChJ QKning Sut va sut mahsulotlarini qayta ishlash korxonasi hisobiga aholi bandligi borasida muammolar o’z yechimini topgan.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram