
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
BUGUN HARAKAT QILGAN ODAMDA MUAMMO BO’LMAYDI: FURQATLIKLAR, VILOYAT HOKIMI BILAN MULOQOTDA O’ZLARINING BO’LAYOTGAN O’ZGARISHLARGA MUNOSABATLARINI SHUNDAY IFODALASHDI

2022-01-31 12:24:05 365
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Furqat tumanining mahallalarida bo’lib, aholi bandligini ta'minlash, ularning turmush darajasini oshirish, hududlarni obodonlashtirish bo’yicha qilinayotgan ishlar, “mahallabay” tizimi bo’yicha erishilgan natijalar, hokim yordamchilarining o’z mahallalarida boshlagan tashabbuslari bilan tanishdi.
Xususan, Navbahor MFYda hokim yordamchisi bilan birga mahalla hududidagi xonadonlarda tashkil etilgan issiqxonalar, yo’lga qo’yilgan ko’chatchilik, parrandachilik va chorvachilik faoliyati ko’zdan kechirilgan bo’lsa, og’ir hududga kiruvchi mahallalar ro’yxatiga kiritilgan Yangi MFYda shag’allashtirish, ichimlik suvi tarmog’i tortish, elektr tayanch ustunlari o’rnatish jarayonlari ko’zdan kechirildi. E'tiborli jihati, ushbu ishlar mahalliy byudjet mablag’lari bilan birga, tarmoq korxonalari va homiylar mablag’lari hisobidan amalga oshirilmoqda.
“Bugun harakat qilgan odamda muammo bo’lmaydi”: Viloyat hokimi bilan muloqotda furqatliklar tilidan yangragan ushbu fikr, Davlatimiz rahbarining oqilona siyosati natijasida Inson qadri ulug’lanayotgan hozirda davr uchun shukronalikning ifodasi bo’ldi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram