Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 90 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QUVASOY SHAHRIDAGI O’TGAN ASRNING 50-YILLARIDA QURILGAN 100 GA YAQIN 2 QAVATLI ESKI UYLAR RENOVATSIYA DASTURI DOIRASIDA ZAMONAVIY TARZDA QAYTA BARPO ETILADI 

×

 2022-01-31 12:28:44    312

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, bugun Quvasoy shahrida bo’lib, amalga oshirilayotgan yangi ishlab chiqarish loyihalari, qurilish-bunyodkorlik sohasida joriy yilda belgilangan rejalar bilan tanishdi.

Viloyat hokimi dastlab shaharning Pakana MFY hududida barpo etilayotgan 11 ta yangi 7 qavatli uy-joylar qurilishini ko’zdan kechirdi. Viloyat rahbarining bundan uch oy avvalgi tashrifi chog’ida qurilish ishlari o’ta sust ketayotgani, birorta uy to’liq foydalanishga topshirilmagani keskin tanqid qilingandi. Hozirda bu yerda har bir ob'ekt bo’yicha reja-grafik ishlab chiqilib, qurilish ishlari jadal suratlarda olib borilayotgani ko’zga tashlandi. 

Shu yerda viloyat hokimiga Quvasoy shahrida qurilishi rejalashtirilayotgan yangi turar-joylar hamda ijtimoiy soha ob'ektlari loyihalari ham taqdim etildi. Ayniqsa, shahardagi 90 dan ziyod 1950 yillarda qurilgan 2 qavatli barak uylar o’rniga renovatsiya dasturi doirasida yangidan 5 qavatli uylar qurish rejasi ma'qullandi. Xayrullo Bozorov, eski uylarda yashovchilar manfaati bu jarayonda ustuvor bo’lishi lozimligini, xonadon egalariga maydoni eski uylaridan kam bo’lmasligi, balkida ortiq bo’lish sharti bilan quriladigan yangi binodan xonadon berilishi kerakligini qayd etdi.

Xayrullo Bozorov, Pakana MFY hududida tashkil etilgan kichik sanoat zonasida ham bo’lib, keramogranit plitalar ishlab chiqarishni tashkil etish investitsiya loyihasini amalga oshirish jarayonlari bilan tanishdi.

Hozirda “Art Soft Ceramics” MChJ tomonidan qurib bitkazilayotgan korxonaning umumiy loyiha qiymati 10 mln. AQSh dollarini tashkil etadi. 

Loyixa bo’yicha barcha texnologiyalar o’rnatilib, montaj ishlari qolgan. Korxona ishga tushgach, yillik 7 ming tonna keramogranit plitalar ishlab chiqarish, 320 nafar yangi ish o’rinlarini yaratish belgilangan.

Viloyat hokimi loyiha tashabbuskorlari bilan muloqotda, korxonani ishga tushirishni tezlashtirish, atrof hududni obodonlashtirish bo’yicha o’z tavsiyalarini bildirdi. Shahar rahbarlariga ushbu korxona qisqa muddatlarda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishi uchun tadbirkorga har tomonlama ko’maklashish bo’yicha ko’rsatmalar berdi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram