Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
262728293031 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 122 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QUVASOYDA HOKIM YORDAMCHILARIGA ELEKTROSKUTERLAR BERILDI

×

 2022-01-31 12:33:27    268

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Quvasoy shahridagi o’rganishlar jarayonida mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta'minlash va kambag’allikni qisqartirish bo’yicha hokim yordamchilari tomonidan yo’lga qo’yilgan ishlar bilan tanishdi.

Shaharning Isfaramsoy hamda A.Navoiy MFY hududlarida hokim yordamchilari bilan muloqot qilgan viloyat hokimi, Davlatimiz rahbarining ishonchi bilan ishga kirishgan hokim yordamchilari, statistik ma'lumotlar yig’ish bilan emas, har kuni hech bo’lmaganda bitta oilada tadbirkorlikni yo’lga qo’yish, bitta fuqaroning bandligini ta'minlash kabi aniq vazifalarni o’zlari uchun belgilab olishlari shartligini uqtirdi. Shahar hokimligi tomonidan hokim yordamchilariga yaratib berilgan sharoitlar ham e'tibor tortdi. 30 ta hokim yordamchisining barchasi alohida xona, kompyuter jamlanmasi bilan ta'minlangan, har biriga dastlabki va qo’shimcha to’lovlarsiz yil davomida bo’lib to’lash sharti bilan elektroskuterlar berilgan.

Xonadonlarda chorvachilik, parrandachilik, quyonchilik, asalarichilik, urug’chilik, ko’chatchilik, gulchilik kabi faoliyat turlarini yo’lga qo’yish ham hokim yordamchilarining ustuvor vazifalari qatorida ekaniga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, aholiga qo’y, mol va boshqa chorva turlarini yetkazib berishda banklar taqdim etgan ta'minotchilarga emas, balki hozirgi kunda xorijdan zotdor chorva turlarini olib kelayotgan tadbirkorlar bilan ishlash kerakligini, bank oldida aholi manfaatlarini himoya qilishga ham hokim yordamchilari ma'sul ekanini qayd etdi. 

Salkam 50 yildan beri asalarichilik bilan shug’ullanib kelayotgan G’anijon Yo’ldashev, viloyat hokimi bilan muloqotda xonadonlarga asalari yetkazib berish, asalarichilik sirlarini o’rgatish bo’yicha ish tashkil etishga tayyor ekanliklarini bildirdi. Mohir asalarichining bu sohani rivojlantirish hamda qo’shimcha mahsulotlar ishlab chiqarish bo’yicha fikrlari viloyat rahbari tomonidan ma'qullandi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram