Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATI HOKIMLIGI XORIJDA TA'LIM OLGAN YOSHLARNI HAMKORLIKKA CHORLAYDI
2022-02-10 09:35:20 376
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorovning tashabbusi bilan, xorijda ta'lim olgan yosh vatandoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ular bilan doimiy muloqot va hamkorlik mexanizmlarini yo’lga qo’yish, viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ularning faol ishtirokini ta'minlash maqsadida viloyat hokimligi tomonidan kadrlar tanlovi e'lon qilinadi.
Tanlovda xorijiy oliy ta'lim muassasalarida yoki O’zbekistondagi xorijiy oliygohlar filiallarida ta'lim olgan, rus, ingliz va boshqa chet tillarini biladigan, 35 yoshgacha bo’lgan mutaxassislar ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo’lgan yoshlardan Telegram tarmog’ida ishga tushirilgan @fvhrezumebot maxsus boti orqali o’zlari haqidagi ma'lumotlarni viloyat hokimligiga taqdim etishlari so’raladi.
Har bir ishtirokchi bilan bevosita muloqot o’tkaziladi, ularning bilim va tajribalaridan to’la foydalanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, mas'uliyatli lavozimlar va rahbarlik ishlariga jalb etish bo’yicha ish tashkil etiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram