Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 224 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TURKIYANING BURSA VILOYATI ISHBILARMON DOIRALARI FARG’ONAGA KATTA QIZIQISH BILDIRMOQDA

×

 2022-02-17 09:33:57    426

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasi Turkiyaga tashrif dasturi doirasida Bursa Tijorat va Sanoat palatasida bo’lib, Palata rahbari Ibrahim Burkay bilan uchrashuv o’tkazdi. 50 mingdan ziyod tadbirkorlik sub'ektini, shu jumladan 22 mingdan ortiq ishlab chiqarish korxonalarini o’zida jamlagan Palatada bo’lib o’tgan muloqot chog’ida Bursa ishbilarmonlari sarmoyasini, tajriba va bilimlarini Farg’ona viloyatiga jalb etish, yirik dunyo bozorlarni hamkorlikda zabt etish istiqbollari muhokama qilindi. Farg’ona delegatsiyasining tashrifidan ko’zlangan asosiy maqsad, avvalgi yillarda erishilgan kelishuvlarni amaliyotga o’tkazish, ikki viloyat tadbirkorlarini bir birlariga bog’lash ekani ta'kidlandi.

Bursalik ishbilarmon va sarmoyadorlarni Farg’onaga yo’naltirish, Farg’ona viloyati hokimining Bursa tadbirkorlari bilan ishlash bo’yicha maslahatchisi lavozimini joriy etish, Farg’onada doimiy ishlovchi bu lavozimga Bursa Tijorat va Sanoat palatasi tomonidan taqdim etiladigan vakilni tayinlash borasida kelishib olindi. 

Farg’ona viloyati delegatsiyasi hamda Bursa viloyati rasmiylari va ishbilarmon doiralari ishtirokida Palatada bo’lib o’tgan biznes-anjumanda Farg’ona viloyatining investitsiyaviy, savdo-iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi imkoniyatlariga bag’ishlangan taqdimot o’tkazildi. Taqdimot yakunida turkiyalik tadbirkorlarning o’zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish nuqtai nazaridan berilgan savollariga viloyat hokimi batafsil javob berdi. Ikki viloyat tadbirkorlari o’rtasida bo’lib o’tgan B2B uchrashuvlar turli sohalarda yirik hamkorlik shartnomalari imzolashga poydevor yaratdi.

Viloyatimiz delegatsiyasi shuningdek, Turkiyaning 45 viloyatidagi 12 mingdan ziyod eksportchi korxonalarni birlashtirgan, yillik umumiy eksport hajmi 35 milliard dollarga teng bo’lgan Uludag’ Eksportchilar Assotsiatsiyasi tarkibiga kiruvchi Uludag’ meva-sabzavot mahsulotlari eksportchilari uyushmasiga tashrif buyurdi. Uyushma boshqaruv kengashi raisi O’zkan Kamilog’lu bilan uchrashuvda Farg’ona viloyatida yetishtirilayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini hamkorlikda qayta ishlash va eksport qilish, sohaga Turkiyada amalda tadbiq etilayotgan ilg’or texnologiyalarni joriy etish masalalari muhokama qilindi. Uludag’ meva-sabzavot mahsulotlari eksportchilari uyushmasi vakillari, O’zbekiston meva va sabzavotlariga dunyo bozorida talab yuqori ekanini, innovatsion yondashuv orqali hosildorlikni ko’tarish imkoni mavjud ekanini qayd etib, har tomonlama hamkorlikka tayyor ekanliklarini ma'lum qilishdi. Yaqin davrda Uyushma delegatsiyasining Farg’ona viloyatiga tashrifini amalga oshirishga kelishib olindi.

Tekstil sohasi o’ta rivojlangan Bursa viloyati, ayniqsa bolalar tayyor kiyimlari ishlab chiqarishda katta ko’rsatkichlar qayd etib keladi. Bu borada Turkiyada ishlab chiqarilgan bolalar kiyim-kechaklarining 70 foizi Bursaga to’g’ri keladi. Bursa shahrining Yildirim tumanida joylashgan Vishne ko’chasi nafaqat Turkiyada, balki dunyoda ham bu borada ishlab chiqaruvchilar hamda ulgurji savdo do’konlarini o’zida jamlagan yirik markaz sifatida bilinadi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hamda viloyat delegatsiyasi vakillari ushbu hududda bo’lib, 3 mingdan ziyod ishlab chiqaruvchini jamlagan BEKSİAD – Go’daklar va bolalar tayyor kiyimlar sektori ishlab chiqaruvchilari va ishbilarmonlari jamiyati faoliyati bilan tanishdilar. 

Jamiyat raisi O’mer Yildiz viloyat hokimi bilan muloqotda sanoat zonasi shaklida tashkil etilgan, yillik umumiy eksport hajmi 1 milliard dollardan ziyod bo’lgan Vishne ko’chasidagi ishlab chiqarish va tijorat jarayonlari haqida ma'lumot berdi. Uchko’prik tumanining Boboshbek mahallasida 15 gektar maydonda barpo etilayotgan, asosan bolalar kiyimlari ishlab chiqarish, logistika va savdo kompleksidan iborat majmua, ushbu Vishne ko’chasining analogi bo’lishi borasida fikr bildirgan viloyat hokimi, bu yerda orttirilgan tajribalarni hamda ish jarayonlarini o’rganish uchun Uchko’prik tuman delegatsiyasi yaqin muddatda tashrif buyurishini ma'lum qildi.

Viloyat rahbari Vishne ko’chasidagi bir nechta ishlab chiqarish korxonalari hamda savdo do’konlarida bo’lib, mahalliy tadbirkorlar bilan muloqot qildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram