
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
YANGI TASHKIL ETILGAN VILOYAT OILA VA XOTIN-QIZLAR BOSHQARMASI TOMONIDAN ILK MATBUOT ANJUMANI O’TKAZILDI

2022-03-04 20:09:01 563
Bugun viloyat axborot-kutubxona markazida OAV vakillari, blogerlar hamda viloyat xotin-qizlar jamoatchilik kengashi a'zolari ishtirokida matbuot anjumani bo’lib o’tdi.
Viloyat hokimining xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi – viloyat mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari To’lqinoy Tojiyeva va Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi viloyat filiali rahbari o’rinbosari Ahadjon Akbarov ishtirokida o’tkazilgan anjumanda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 1 martdagi “Oila va xotin-qizlar davlat qo’mitasi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi hamda “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan so’z bordi. Viloyatda ham belgilangan tartibda viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tashkil etilganligi e'lon qilindi.
Shuningdek, shahar-tumanlarda uning bo’limlari ish boshlashi qayd etildi. Bundan tashqari, viloyatimizdagi 1 mln. 900 mingdan ortiq xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini o’rganish, orzu-istaklarini ro’yobga chiqarish maqsadida mavjud 1055 ta mahalla fuqarolar yig’inlarida yangi joriy etilgan lavozim egalari – xotin-qizlar faoli faoliyat boshlashi ta'kidlandi. Ushbu lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov asosida nomzodlar saralab olinishiga ishtirokchilar e'tibori qaratildi.
“Eng faol, eng shijoatli, eng jasur ayollarimiz, mahalladagi xotin-qizlar muammolarini yecha oladigan, mana shu muammolar yuzasidan tegishli tashkilotlarga qat'iy bir masalani qo’ya oladigan nomzodlar haqiqiy xotin-qizlar faoli bo’ladi”, - dedi To’lqinoy Tojiyeva.
Matbuot anjumanida mahallada endi yaxlit tizim tashkil etilayotgani aytib o’tildi. Hokim yordamchisi - kambag’allikni qisqartirish va yangi ish o’rinlari yaratishga, yoshlar yetakchisi - yoshlar siyosatiga, xotin-qizlar faoli esa xotin-qizlar bilan bog’liq masalalarga javob beradi.
Tadbir davomida OAV vakillari hamda ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram