
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
BAHODIR XOLIQOV FARG’ONA VILOYATI MAHALLA VA NURONIYLARNI QO’LLAB-QUVVATLASH BOSHQARMASI BOSHLIG’I ETIB TAYINLANDI

2022-03-09 20:54:48 478
Farg’ona viloyati mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’i bo’lib ishlab kelgan Holiqov Bahodir Rahmatullayevich Farg’ona viloyati mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’i etib tayinlandi.
Bahodir Xoliqov 1972 yil 26 yanvarda Rishton tumanida tug’ilgan. Ma'lumoti oliy. 1994 yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
Uzoq yillar davomida Soliq tizimida turli mas'ul lavozimlarda ishlagan, Marg’ilon, Quvasoy va Farg’ona shaharlari Davlat soliq inspektsiyalari boshlig’i bo’lgan.
2019-2020 yillarda Quvasoy shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag’allikni qisqartirish masalalari bo’yicha birinchi o’rinbosari – shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish bo’limi boshlig’i, 2020-2021 yillarda viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i bo’lib faoliyat olib borgan.
Bahodir Xoliqov 2021 yildan tayinlovga qadar Farg’ona viloyati hokimi o’rinbosari mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig’i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram