Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 91 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“Inson qadrini ulugʼlash va faol mahalla yili” Davlat dasturi ijrosini taʼminlashda fuqarolik jamiyati institutlarining loyihalarini qoʼllab-quvvatlash” mavzusida davlat granti uchun 1-tanlov e'lon qilinadi

 2022-03-30 10:06:07    388

PDF yuklash
Chop etish


Xalq deputatlari Fargʼona viloyati Kengashi huzuridagi Jamoat fondi “Inson qadrini ulugʼlash va faol mahalla yili” Davlat dasturi ijrosini taʼminlashda fuqarolik jamiyati institutlarining loyihalarini qoʼllab-quvvatlash” mavzusida DАVLАT GRАNTI UChUN 1–TАNLOVINI E'LON QILАDI.

Tanlovda davlat roʼyxatidan oʼtgan fuqarolik jamiyati institutlarining quyidagi yoʼnalishlardagi loyihalari koʼrib chiqish uchun qabul qilinadi:

1.Eksklav hududlarda milliy sport turlarini yanada rivojlantirish va loyihaning davomiyligini taʼminlash.

- Uyushmagan yoshlar oʼrtasida mahallalararo sport musobaqalarini oʼtkazish.

- Sport musobaqalarini OАVda keng yoritib borish.

- Sport musobaqalari ishtirokchilarini tizimli taqdirlab borish.

- Sport maydonchalari mavjud boʼlmagan hududlarni aniqlash va yaratish boʼyicha taklif berish.

2. Imkoniyati cheklangan shaxslarni qadimiy shaharlar va tarixiy ziyoratgohlar va milliy hunarmandchilik markazlariga sayohatlar tashkil etish orqali ularning maʼnaviy dunyoqarashini yanada oshirish.

- Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Xalq qabulxonalariga, Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi va boshqa davlat tashkilotlariga hamda nodavlat notijorat tashkilotlarga murojaat qilgan imkoniyati cheklangan shaxslarni Buxoro, Samarqand, Xiva, Qoʼqon shaharlari va Rishton tumanlariga sayohatlarni tashkil etish.

- Sayohat davomida olingan bilim va koʼnikmalarni (tariximiz, milliy qadriyatlarimiz, buyuk allomalarimiz faoliyatlarini) imkoniyati cheklangan yoshlar oʼrtasida keng targʼibot qilish.

- Viloyatning turizm salohiyatini rivojlantirish boʼyicha takliflar ishlab chiqish.

3. Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatini yanada rivojlantirish, davlat tashkilotlari bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda ularni huquqiy savodxonligini oshirish va uslubiy qoʼllab-quvvatlash.

- NNTlar ishtirokida davlat granti va ijtimoiy buyurtmalarida ishtirok etishlari uchun oʼquv-seminarlarni tashkil etish.

- Ijtimoiy sheriklikni rivojlantirishda sohalar kesimida davlat tashkilotlari bilan NNTlarni uchrashuvlarini tashkil etish.

- Viloyatdagi har bir oliy taʼlim muassasalarida “NNT va yoshlar” uchrashuvlarini tashkil etish.

- NNTlar faoliyatini uslubiy qoʼllab-quvvatlash maqsadida uslubiy qoʼllanma chop etish va barcha NNTlarga yetkazish.

4. Millatlararo totuvlikni taʼminlashda davlat organlari bilan hamkorlikda taʼsirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish va tadbirlar tashkil etish.

- Hududlarda ayniqsa, chekka va chegaraoldi mahallalarda millatlararo totuvlikni targʼib qiluvchi tadbirlar oʼtkazish va OАV da keng yoritib borish.

- Turli millat vakillarining milliy qadriyatlarini, urf-odatlarini namoyon qilish maqsadida koʼrik tanlovlar tashkil qilish.

- Milliy madaniy markazlarini davlat tashkilotlari bilan hamkorligi va turli millat vakillarini bandligini taʼminlanganligini hududlar kesimida oʼrganish.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:

1. Tashkilot rahbari tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan kuzatuv xati; 

2. Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi jamoat fondining Fargʼona jamoat fondi telegram kanalida joylashtirilgan shaklda toʼldirilgan davlat granti loyihasi uchun ariza;

3. Oxirgi oʼzgartirish va qoʼshimchalar bilan davlat roʼyxatidan oʼtgan NNTlar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining Ustavi (Nizomi) nusxasi;

4. Tashkilotning davlat roʼyxatidan oʼtganligi toʼgʼrisidagi guvohnoma nusxasi; 

5. Аgar loyihani amalga oshirish litsenziyalanadigan faoliyatni talab qilsa, unda litsenziyaning nusxasi;

6. Manfaatdor davlat va jamoat tashkilotlarining tavsiya hamda qoʼllab-quvvatlash xatlari.

7. Tashkilotni hududiy Davlat soliq inspeksiyasidan qarzdor emasligi haqida maʼlumotnomasi.

Bitta loyiha uchun ajratiladigan grant miqdori – 40 mln soʼmgacha.

Hujjatlarni qabul qilish 2022 yil 29 martdan 29 aprelgacha (shanba va yakshanba kunlaridan tashqari) har kuni soat 9:00 dan 16:00 gacha qabul qilinadi.

Tanlov boʼyicha hujjatlar muhrlangan konvertda (А4 format): Fargʼona shahri B.Margʼiloniy koʼchasi 105-uy manzilidagi Nodavlat notijorat tashkilotlari uyining 1-qavatida joylashgan Xalq deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarini qoʼllab-quvvatlash jamoat fondi nomiga yuborilishi soʼraladi.

Maʼlumot uchun tel: 93 732-77-87, 99 002-75-00, 91 665-08-98, 91 119-20-20.