Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Dekabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031     

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 168 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TURKIYALIK ISHBILARMONLAR GURUHI FARG’ONA VILOYATIDA O’Z LOYIHALARINI AMALGA OSHIRISHGA KIRISHMOQDA

×

 2022-03-31 14:03:04    474

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov turkiyalik investorlar va ishbilarmonlardan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Barcha turdagi bino-inshootlar loyihalarini ishlab chiquvchi Studio Vertebra, avtobuslar va maxsus transportlar ishlab chiqaruvchi Termodinamik Otomotiv, chiqindilarni qayta ishlash, quyosh va shamol elektrostantsiyalarini qurishga ixtisoslashgan Klintek İnşaat ve Enerji, landshaft dizaynerligi va ko’chatchilik shirkati Ormanada Peyzaj kompaniyalari rahbarlari bilan bo’lib o’tgan uchrashuvda Farg’ona viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan loyihalar hamda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Ushbu hamkorlik tamali viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasining joriy yil fevral oyida Turkiyada amaliy tashrifi chog’ida bo’lib o’tgan muzokaralarda qo’yilgandi.

Klintek İnşaat ve Enerji kompaniyasi vakillari, Farg’ona viloyatida ekologik toza texnologiyalarni tadbiq etgan holda chiqindini qayta ishlash korxonasi barpo etish loyihasini viloyat hokimiga tadbiq etdilar. 

Loyiha qiymati 170 million yevro bo’lgan korxona ishga tushirilsa, kunlik 2,5 ming tonnagacha bo’lgan chiqindini qayta ishlash hisobiga yillik 50 MVt elektr energiyasi va 25 ming tonna o’g’it ishlab chiqariladi, chiqindilarning katta qismi yana foydalaniladigan buyumlarga aylantiriladi, 600 dan ziyod ish o’rni yaratiladi. Chiqindining yoqiladigan qismidan paydo bo’ladigan issiqlikdan foydalanish uchun korxona yonida 10 gektarlik issiqxona barpo etiladi. Korxona tomida o’rnatiladigan quyosh energiyasi panellari yordamida ichki elektr energiyasi ehtiyoji qoplanadi. Ishlab chiqariladigan energiya narxi bo’yicha aniq kelishuvga borilgach, yaqin muddatda ushbu loyihani amalga oshirishga kirishiladigan bo’ldi.

Viloyatimizda transport xizmati ko’rsatuvchi xususiy firmalar bilan Termodinamik Otomotiv kompaniyasi o’rtasida Farg’ona viloyati jamoat transporti parkini zamonaviy avtobuslar hamda elektrobuslar bilan to’ldirish borasida muzokaralar olib borilmoqda. Kompaniya viloyatda o’z servis markazini ham ochishni rejalashtirmoqda. Uchrashuvda shuningdek, viloyat uchun zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan, xalqaro talablarga muvofiq tarzda ishlab chiqarilgan tez tibbiy yordam avtomobillari yetkazib berish bo’yicha ham muzokaralar o’tkazildi.

Ormanada Peyzaj kompaniyasi Ekoshahar hududida tashkil etilayotgan 70 gektarlik “Yangi O’zbekiston” bog’ining 10 gektarida o’zining landshaft va me'moriy loyihasini amalga oshirishga kelishib olindi. Shuningdek, viloyat o’rmon xo’jaligi boshqarmasi bilan hamkorlikda 10 gektar maydonda noyob daraxt ko’chatlari yetishtirish loyihasi ham amalga oshiriladigan bo’ldi.

Sarmoyador Alper Yalchin Turkiyaning gemodializ xizmati darajasi bo’yicha Germaniya bilan birga dunyoda eng yuqori o’rinda ekani, o’zi tomonidan Qirg’izistonda tashkil etilgan gemodializ markazi muvaffaqiyatli faoliyat olib borayotgani haqida to’xtalib, Farg’onada ham eng zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan gemodializ markazi tashkil etish taklifini ilgari surdi. Farg’onalik tadbirkor bilan hamkorlikda ushbu loyihani amalga oshirish, viloyatda nefrologiya sohasini rivojlantirish borasida kelishuvga erishildi.

O’zbekistonda qator muvaffaqiyatli loyihalarning muallifligini qilayotgan Studio Vertebra me'morlik shirkati, Marg’ilonda maqom teatri hamda Marg’ilon halqasi atrofida turar-joylar majmuasi, shuningdek Qo’qonda dam olish parki loyihalarini ishlab chiqmoqda. Kompaniya rahbari Mehmet Bektash viloyat hokimiga loyihalash jarayonlarining borishi haqida ma'lumot berdi.

Muhokama qilingan barcha loyihalar bo’yicha hamkorlikda ish tashkil etish choralari belgilab olindi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram