
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
VILOYAT HOKIMI O’RINBOSARI ISHTIROKIDA BRIFING O’TKAZILDI

2022-04-05 14:10:59 301
Bugun, 5 aprel kuni, viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasida viloyat hokimining o’rinbosari - viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig’i Xurshidjon Ahmedov ishtirokida brifing o’tkazildi.
Brifingda viloyat hokimining o’rinbosari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 18 fevraldagi "Turizm va madaniy meros vazirligi faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi 135-sonli qarori ijrosi va ushbu qarorga asosan tizimdagi o’zgarishlar haqida ma'lumot berdi.
Qarorga ko’ra, Farg’ona viloyati Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasining nizomi va lavozim yo’riqnomasi ishlab chiqildi va davlat xizmatlari agentligi ro’yxatidan o’tkazildi. Tashkilotning muhr va tamg’asi yangilanib, yillik xarajatlar smetasi tasdiqlandi. Ayni kunlarda bosh boshqarmaning apparat xodimlarini lavozimga tayinlash ishlari olib borilmoqda.
Brifingda sayyohlar oqimi ko’p bo’lgan – Qo’qon va Marg’ilon shaharlari, Farg’ona, Rishton va So’x tumani, shuningdek turizm qishlog’iga aylanayotgan Avval, Vodil va Qiziltepa qishloqlari infratuzilmasini yaxshilash, sayyohlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularga xizmat ko’rsatish sifatini oshirish kabi oldinda turgan dolzarb vazifalarga to’xtalib o’tildi.
Bundan tashqari, joriy yil sentyabr oyida Qo’qon shahrida o’tkaziladigan II Xalqaro hunarmandchilik festivaliga tayyorgarlik jarayonlari haqida ham ma'lumotlar berildi.



Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram