
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA “TADBIRKORGA KO’MAK” MARKAZLARI ISH BOSHLADI

2022-04-05 14:39:27 269
Prezidentimiz joriy yil 16 mart kuni Davlat soliq qo’mitasiga tashrif buyurib, soliq sohasini takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Tashrif davomida soliq organlari tadbirkorlar bilan uchrashib muammolarini tinglashi, soliq qonunchiligidagi o’zgarishlarni tushuntirishi, ularga ko’makchi bo’lishlari yuzasidan qator topshiriqlar bergan edi.
Mazkur topshiriqlar ijrosi, shuningdek, “Soliqchi-ko’makchi” tamoyili asosida soliq to’lovchilarga yanada sifatli xizmat ko’rsatishni ta'minlash maqsadida Farg’ona viloyati davlat soliq boshqarmasi tashabbusi bilan viloyatning shahar va tumanlarida “Tadbirkorga ko’mak” markazlari faoliyati yo’lga qo’yilmoqda.
Xususan, ana shunday markazlar Farg’ona, Marg’ilon, Qo’qon shaharlaridagi markaziy dehqon bozorlarida ham barpo etildi. Hududlardagi tadbirkorlar soliq sohasiga oid biror muammoni hal etish uchun bevosita davlat soliq inspektsiyasiga bormasdan o’zlariga har tomonlama qulay bo’lgan “Tadbirkorga ko’mak” markaziga tashrif buyurgan holda masalaga oydinlik kiritishlari mumkin. Albatta, ushbu jarayon tadbirkorning ham vaqti, ham naqdi tejalishiga xizmat qiladi. E'tiborlisi, ushbu markazlarga bir nafardan soliq idorasi xodimi biriktirilgan bo’lib, soliq to’lovchilarga xizmat ko’rsatish uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Soliq to’lovchi uchun eng quvonarlisi, markazlardagi barcha xizmatlar bepul. Bu yerda fuqarolarga soliq qonunchiligiga oid so’nggi o’zgarishlarni tushuntirish bilan birga, tadbirkorlarga hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirish, soliq hisobotlarini yuborish, qulay soliq rejimini tanlash, dastlabki buxgalteriyani yuritish kabi masalalar yuzasidan amaliy yordamlar ko’rsatilmoqda.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram