
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONA VILOYATIDAN “TASHABBUSLI BYUDJET” LOYIHASIDA UMUMIY QIYMATI 115,4 MLRD. SO’M BO’LGAN 204 TA TAKLIF G’OLIB BO’LDI

2022-04-05 18:30:06 301
Ma'lumki, 1 aprel kuni “Tashabbusli byudjet” loyihasining ilk mavsumi yakunlandi hamda g’oliblar e'lon qilindi. “Ochiq byudjet” axborot portalidagi Yo’l xaritalarga asosan, Farg’ona viloyati bo’yicha fuqarolar tomonidan jo’natilgan 2178 ta takliflardan umumiy qiymati 115,4 mlrd. so’m bo’lgan 204 ta loyiha g’olib deb topildi. Ovoz berish jarayonlarida 1 126 754 nafar yurtdoshlarimiz qatnashdi. G’olib deb topilgan tashabbuslar soni bo’yicha Farg’ona viloyati Respublika hududlari orasida Toshkent viloyatidan keyin ikkinchi o’rinni egalladi.
Viloyat miqyosida eng ko’p Farg’ona shahridan 27 ta, Marg’ilon shahridan 21 ta takliflar g’olib bo’ldi.
Marg’ilon Tug’ruq kompleksini moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun Dilmurod Akbarov tomonidan joylangan taklifga jami 15 254 ta ovoz (https://openbudget.uz/boards/4/112965)berilib, bu Respublikada eng yuqori ko’rsatkichni tashkil qildi.
Viloyat bo’yicha 62 ta ( 40,6 mlrd.so’mlik) ichki yo’llarni ta'mirlash, 40 ta (23,1 mlrd.so’mlik) umumta'lim maktablarini ta'mirlash, 27 ta ( 18,1 mlrd. so’mlik) ichimlik suvi va oqava tizimini yaxshilash bo’yicha, shuningdek, ko’cha chiroqlarini o’rnatish yoki ta'mirlash, maktabgacha ta'lim, sog’liqni saqlash, sport muassasalari hamda mahalla guzarlarini ta'mirlash, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish va boshqa yo’nalishlardagi takliflar moliyaviy qo’llab-quvvatlanadigan bo’ldi.
“Tashabbusli byudjet”ning 2-mavsum jarayonlariga iyul oyida start berilishi rejalashtirilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram