
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
FARG’ONADA ILK BOR BUYRAK KO’CHIRISH JARROHLIK AMALIYOTI O’TKAZILDI

2022-04-06 17:32:30 332
Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg’ona filialida ilk bor buyrak transplantatsiyaci amaliyoti bajarildi.
O’tgan haftada ilk bor Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg’ona filialida ikki nafar bemorda ilk bor aorta–koronar shuntlash jarrohlik amaliyoti o’tkazilgan edi. Bugun esa poytaxtdan kelgan mutaxassislar – Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining xirurgiya bo’limi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Farhod Xadjibayev rahbarligidagi 12 kishilik guruh hamda markazning Farg’ona filiali shifokorlari ishtirokida buyrak ko’chirib o’tkazish amaliyoti o’tkazildi. 6 soatdan ortiq davom etgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli o’tdi. Bemorlarning ahvoli yaxshi.
Filial direktori Abduqayum To’xtaqulovning ma'lum qilishicha, bosqichma-bosqich yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari shu yerda amalga oshirilmoqda. Viloyatda ham a'zolar va to’qimalari transplantatsiya qilinishiga muhtoj bo’lgan bemorlar bo’lib, bunday amaliyotlarning o’tkazilishi ularga umid bag’ishlamoqda.
Farg’ona viloyatida bugungi kunda surunkali buyrak yetishmovchiligi bilan og’rigan bemorning 260 nafari doimiy ravishda gemodializator apparati orqali muolaja olmoqda. Hozirda oltmishga yaqin bemorlar buyrak ko’chirish amaliyotini o’tkazishga muhtoj.
Uchko’prik tumanilik 31 yoshli Gulasal Sobirova ham surunkali buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekardi. Kasallikning beshinchi bosqichi boshlanib, olti oydan buyon gemodializ olardi. Turmush o’rtog’ining hayotini saqlab qolish uchun Dilshod Sobirov donorlik qiladigan bo’ldi. Shundan so’ng kerakli tekshiruvlar amalga oshirilib, buyrak ko’chirish bo’yicha murakkab jarrohlik amaliyoti o’tkazildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram