
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
BESHARIQ CHO’LLARI O’ZLASHTIRILIB, YASHIL MAKONGA AYLANMOQDA

2022-04-06 20:15:49 297
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Beshariq tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o’tkazilgan ko’chat ekish ekomarafoni tadbirida ishtirok etdi.
Beshariq tumani Qiyali MFY Shodaqoziq massivi hududida 700 gektar cho’l maydoni 40 yildan so’ng qayta o’zlashtirildi. Hududni sug’orish tizimini yo’lga qo’yish uchun viloyat mahalliy byudjeti hisobidan 5 milliard so’m mablag’ sarflandi. 5 ta tik quduq qazildi, 1 ta suv nasosi o’rnatildi, 1,7 km yangi sug’orish tarmog’i kavlandi. O’zlashtirilgan maydonning 500 gektari qovunchilik, 200 gektari tut hamda terak ko’chatchiligi uchun ajratildi va 20 sotixdan 1 gektargacha 1000 nafardan ziyod yosh oilalar vakillariga, ishsiz, kam ta'minlangan fuqarolarga, xorijdan qaytib kelgan sobiq mehnat migrantlariga bo’lib berildi.
Shuningdek, ushbu massivdan 31 gektar yer maydoni tumandagi 62 ta mahalla fuqarolar yig’inlari uchun ajratildi va MFYlar faollari tomonidan terak ko’chatlari ekildi. YEtishtiriladigan ko’chatlarni sotishdan tushgan mablag’ mahallalar ehtiyojlari uchun ishlatiladi.
Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi, Davlatimiz rahbari tashabbuslari bilan boshlangan “Yashil makon” umummilliy harakatining natijasi har bir mahallada ko’rinishi kerakligini ta'kidlab, hududlarda bir qarich yerni ham bo’sh qoldirmasdan, terak ko’chatlari ekish, jamoatchilik asosida ishga qabul qilingan fuqarolarni ko’chatlar parvarishiga mas'ul etib belgilash yuzasidan fikrlarini bildirdi. Jamoatchilikni bu boradagi ishlarda Farg’ona viloyati respublikamiz hududlari orasida namuna bo’lishi uchun harakat qilishga chaqirgan Xayrullo Bozorov, 10 kunlik muddatda ko’chat va qalamchalar ekish bo’yicha viloyatda belgilab olingan ishlarni yakunlash lozimligini qayd etdi.
Tadbirda Toshkent viloyati mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash boshqarmasi vakillari ham ishtirok etib, yangi yerlarni o’zlashtirish va terak ko’chati ekish bo’yicha tajriba o’rgandilar.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram