Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2025 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 44 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QUVA TUMANIDA TERAK KO’CHATLARI EKISH NAMUNALI TARZDA AMALGA OSHIRILMOQDA

×

 2022-04-06 20:29:03    445

PDF yuklash
Chop etish


Quva tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo’yicha 55 ta mahalla fuqarolar yig’inlari kesimida bugungi kunga qadar 3 million donaga yaqin terak qalamchalari ekildi. Tuman miqyosida jami 5,5 million qalamcha ekish reja qilingan bo’lib, hozirda bu borada qizg’in jarayonlar bormoqda.

Qishloq xo’jaligida samarasiz foydalanilayotgan maydonlarga, temir yo’l bo’ylari, zovur yoqalari, ziyoratgoh va qabristonlar atrofidagi bo’sh yerlarga oqterak, ko’kterak, kaliforniya kabi terak qalamchalari suqilmoqda.

Xususan, tumanda eng ko’p Yangichek MFYda 250 ming, Namuna MFYda 175 ming, Akbarobod MFYda 150 ming dona terak ko’chatlari yetishtirish uchun maydonlar hozirlangan.

Kelgusida tumanda yog’och mahsulotlariga bo’lgan talab va ehtiyojni qondirish, importni kamaytirish, yog’ochni qayta ishlash korxonalari faoliyatini yanada rivojlantirish ko’zda tutilgan.

E'tiborlisi, teraklardan olinadigan daromad hududlardagi kam ta'minlangan oilalarga ko’mak ko’rsatish, mahalla fuqarolar yig’inlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, kommunal tarmoqlarda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etishga yo’naltiriladi. Shuningdek, nihollarning gurkirib o’sishi atrof-muhitni yashillikka burkanishiga, noorganik changlarni tutib, havoni tozalashga xizmat qiladi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram