
Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

.
.
Saytni baholash
O’ZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI FEDERATSIYASI RAISI SO’X TUMANIDA BO’LDI

2022-04-07 18:36:43 375
Bugun O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bilan birga So’x tumanida bo’lib, tumanda barpo etilayotgan yangi ijtimoiy ob'ektlar va amalga oshirilayotgan loyihalarni ko’zdan kechirdi, aholi bilan muloqot qildi. Qudratilla Rafiqovga Oila va xotin-qizlar davlat qo’mitasi raisining birinchi o’rinbosari Ozoda Parpibayeva hamrohlik qildi.
Mehmonlar dastlab tumanning Istiqlol mahallasi hududida 4,9 gektar maydonda barpo etilayotgan, loyiha qiymati 29 milliard so’m bo’lgan zamonaviy bolalar oromgohi qurilish ishlari bilan tanishishdi. O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi joriy yil 1 iyungacha foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan lagerni yil davomida doimiy faoliyat olib boruvchi maskanga aylantirish, dam olish bilan birga sog’lomlashtirish jarayonlarini ham tashkil etish bo’yicha tavsiyalarini berdi. Qudratilla Rafiqov bu yerda mahalla oqsoqollari bilan suhbatlashdi. Nuroniylar uchun zamonaviy sihatgoh ham barpo etishga kirishilayotgani qayd etilib, kelgusi yilga bu maskan ham foydalanishga topshirilishi ma'lum qilindi.
Qudratilla Rafiqov tumanning “Javpaya” massivida o’zlashtirilayotgan maydonlarda issiqxonalar qurilishi jarayonlarini borib ko’rdi, hududdan yer maydoni olgan fuqarolar hamda hokimning mahalladagi yordamchilari bilan muloqot qildi. Qisqa muddatda o’nlab 10 sotixli issiqxonalarda qurilish ishlari yakunlanib, limon ko’chatlari o’tqazilgani, oralariga pomidor, bodring, qalampir va karam ekinlari ekilgani mehmonlar e'tiborini tortdi.
Tuman madaniyat markazida tumandagi 27 ta MFY raislari, mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda faoliyatini boshlagan xotin-qizlar faollari, shuningdek jamoatchilik vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Samimiy muloqot shaklida o’tgan uchrashuvda ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilingan 27 nafar xotin-qizlar faollariga O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan noutbuklar sovg’a qilindi.
Qudratilla Rafiqov o’tgan yildan buyon Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan turli soha vakillari o’rtasida o’tkazilayotgan respublika tanlovida So’x tumani uchun alohida nominatsiya joriy qilinishini ma'lum qildi. MFY raislari, mahallalardagi hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda xotin-qizlar faollari orasida yil davomida eng yaxshi natijaga erishgan 3 nafari avtomobillar bilan mukofotlanishi, birinchi o’rin uchun Lasetti, ikkinchi o’rin uchun – Kobalt, uchinchi o’rin uchun Spark avtomobili taqdim etilishi belgilandi. Viloyat hokimining taklifi bilan bu maxsus nominatsiyada Rishton tumanining Cho’ng’ara va Farg’ona tumanining Shohimardon, Yordon mahallalari vakillari ham baholanishi ma'qullandi.










Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram