Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Noyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
    123
45678910
11121314151617
18192021222324
252627282930 

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 164 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RASMIY MUNOSABAT

×

 2022-04-13 18:12:03    527

PDF yuklash
Chop etish


Ijtimoiy tarmoqlarda turli manbalar orqali tarqalgan, davlat resurslari hisobiga un mahsulotlarini tadbirkorlarga taqsimlashda monopollashtirish va korruptsiya holatlariga yo’l qo’yilayotgani iddao etilgan murojaat yuzasidan viloyat hokimligi tomonidan o’rganish olib borilmoqda.

Hozirda shahar va tumanlar kesimida hokimliklar taqdim etgan ro’yxat asosida “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalariga biriktirilgan korxonalar va ularga ajratilayotgan un hajmi batafsil o’rganib chiqilmoqda. O’rganish natijalari yuzasidan batafsil ma'lumot beriladi. Tarqatilgan murojaatda keltirilgan iddaolar anonim murojaatchi tomonidan o’rtaga tashlangani bois, bu borada murojaat yo’llamoqchi bo’lgan tadbirkorlar, viloyat hokimligining Telegram kanalidagi @fvhmurojaat_bot boti orqali o’z masalalarini bildirishlari mumkin.

Ma'lumot o’rnida shuni bildiriladiki, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 16 apreldagi “Koronavirus pandemiyasi sharoitida respublika aholisini davlat resurslari hisobiga un mahsulotlarini tizimli va kafolatli yetkazib berish chora-tadbirlari to’g’risida”gi yig’ilish bayoni bilan koronavirus pandemiyasi sharoitida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, un mahsuloti barcha hududlarga bir maromda yetkazib berilishini ta'minlash maqsadida birja savdolarisiz to’g’ridan to’g’ri shartnomalar bilan sotilishi bo’yicha topshiriqlar belgilab berilgan.

Hukumat yig’ilishi bayoni bilan, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi, “O‘zdonmahsulot” AK va hokimliklarga aholi sonini hisobga olgan holda hududlar kesimida to’g’ridan to’g’ri yetkazib beriladigan un hajmini aniqlash va joylarga yetkazish vazifasi topshirilgan. Unga ko’ra, un xarid qiluvchilar hokimliklar taqdim etgan ro’yxat asosida “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalariga biriktirilmoqda. Shuni qayd etish lozimki, bu tarzda yetkazib berilayotgan un hajmi viloyatning unga bo’lgan to’la talabini qoplamaydi, bu tizim un mahsulotlari narxi oshishining oldini olish maqsadida yo’lga qo’yilgan.

Farg’ona viloyatida ham ushbu topshiriq ijrosi doirasida ish tashkil etib kelinmoqda. Shahar va tumanlardagi qolipli non va makaron ishlab chiqaruvchi hamda chakana savdo korxonalari “Farg’ona don mahsulotlari”, “Bag’dod don mahsulotlari”, “Quva don mahsulotlari”,“Qo’qon don mahsulotlari” hamda “So’x-don” korxonalariga biriktirib qo’yilgan.

Joriy 2022 yil bo’yicha so’nggi ma'lumotlarga murojaat qiladigan bo’lsak, viloyatda yanvar-mart oylarida 300 dan ziyod korxona 41,2 ming tonna un mahsuloti bilan ta'minlangan, aprel oyi uchun 13 ming 704 tonna un ajratilgan.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram